O‘zbekiston | 18:13 / 19.09.2025
1870
2 daqiqa o‘qiladi

Moldova va O‘zbekiston aviaqatnov bilan bog‘lanadi

FlyOne aviakompaniyasi Kishinyov – Toshkent yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.

Foto: Getty images

Moldovaning FlyOne aviakompaniyasi yangi parvozlar jadvalini e’lon qildi. Unda 5 ta yangi yo‘nalish borligi qayd etilgan: Malaga (Ispaniya), Jyeneva (Shveytsariya), Toshkent (O‘zbekiston), Bodrum (Turkiya) va Iraklion (Gretsiya, Krit).

Kishinyov – Toshkent – Kishinyov yo‘nalishi 2026 yil yozida ochilishi reja qilingan. Parvozlar Kishinyov aeroportidan 11 ta so‘nggi avlod havo kemalaridan iborat zamonaviy flotda amalga oshiriladi.

FlyOne 2016 yilda tashkil etilgan va Moldovaning eng yirik aviakompaniyasiga aylangan. 2022 yilda kompaniya Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasiga (IATA) a’zo bo‘ldi.

Bugungi kunda FlyOne Moldovadagi eng jadal rivojlanayotgan aviakompaniya bo‘lib, doimiy ravishda kengayib borayotgan yo‘nalishlar tarmog‘i va yangilangan flotga ega. 41 ta doimiy va charter yo‘nalishlari orasida FlyOne Kishinyovni mashhur shaharlar bilan bog‘laydi: Neapol, Shtutgart, Turin, Palma-de-Mayorka, Lion, Bremen, Kopengagen, Alikante, Manchester, Praga, Dubay, Bolonya, Rim, Milan, Berlin, Tbilisi, Myunxen, Larnaka, Frankfurt, Tel-Aviv, Luton, Stansted, Parma, Verona, Dublin, Lissabon, Parij, Istanbul, Yerevan, Bryussel, Dyusseldorf, Nitssa, Amsterdam, Barselona, Tirana, Tunis, Antalya, Iraklion, Sharm-ash-Shayx, Tivat va Xurgada.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid