Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Qozog‘iston bilan 4 mlrd dollarlik yirik bitimni e’lon qildi
Bitim temir yo‘l lokomotivlari ishlab chiqish bilan bog‘liq.
Foto: akorda.kz
Qozog‘iston AQSh bilan «tarixdagi eng yirik lokomotiv yetkazib berish shartnomasini» tuzishga rozi bo‘ldi, dedi AQSh Savdo vazirligi rahbari Hovard Lyutnik.
Bu Donald Tramp va Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘rtasidagi suhbatdan keyin sodir bo‘ldi. Qozog‘iston rahbari hozir Nyu-Yorkda bo‘lib turibdi.
«Ushbu bitim sanoatimizning eng muhim tarmoqlaridan birini kuchli qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. 4 mlrd dollarlik bu kelishuv shunchaki oddiy muvaffaqiyat emas», dedi Lyutnik.
To‘qayev matbuot xizmati bitim tafsilotlarini ma’lum qildi: taxminan 4,2 milliard dollarlik shartnoma Amerikaning Wabtec kompaniyasi bilan tuzilgan bo‘lib, Qozog‘istonda yaxshilangan xususiyatlarga ega 300 ta yuk lokomotivini ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Ostonada 2009 yildan beri Wabtec lokomotiv yig‘ish zavodi faoliyat yuritmoqda, unga 230 million dollar sarmoya kiritilgan, Qozog‘iston va eksport uchun 600 dan ortiq lokomotiv ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 45 foizga yetdi. O‘tgan yili AQSh kompaniyasi mamlakatda innovatsiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha texnologik va muhandislik markazini ochdi.
Mavzuga oid
21:50 / 23.12.2025
To‘qayev Qozog‘istonni tinchlik muzokaralari maydoni sifatida taklif qildi
20:24 / 23.12.2025
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi
18:22 / 23.12.2025
Tramp To‘qayevga Oq uyning «ramziy kaliti»ni sovg‘a qildi
17:17 / 23.12.2025