Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS Trampni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni kafolatlashga chaqirdi
Falastin harakati o‘t ochishning to‘xtatilishi evaziga garovdagi isroilliklarning yarmini ozod qilishni taklif etgani ta’kidlanmoqda.
Foto: Anadolu/Getty Images
Falastinning HAMAS harakati AQSh prezidenti Donald Trampga garovga olingan isroilliklarning yarmini ozod qilish sharti bilan shaxsiy maktub tayyorladi - buning evaziga 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishni kafolatlash taklif qilinmoqda. Bu haqda Fox News o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, maktub hozir qatarlik vositachilarda. U «shu haftadayoq» Oq uy rahbariga yetkazilishi kutilmoqda.
O‘tgan shanba kuni HAMAS harbiy qanoti garovga olingan 47 kishining suratini e’lon qilib, Isroil armiyasining G‘azodagi operatsiyasi munosabati bilan «ular bilan xayrlashishga» chaqirdi. Ular deyarli ikki yildan beri tutqunlikda saqlanmoqda.
Shu yil may oyida Isroil «Gedeon aravalari» operatsiyasi doirasida G‘azo sektorida yangi keng ko‘lamli hujumni boshladi, shundan so‘ng HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga qaytishga qaror qildi.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52 / 06.05.2026