Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya mudofaa vaziri harbiy sharoitga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
Yevropaliklar ehtimoliy urushga tayyorgarlikni kuchaytirishi va shunga qarab tafakkurini o‘zgartirishi kerak, dedi Pol Yonson Berlinda.
Pol Yonson Foto: Fredrik Sandberg/TT/IMAGO
Rossiya tahdidini hisobga olib, Yevropa ehtimoliy qurolli mojaroga tayyorgarlikni kuchaytirishi kerak, deydi Shvetsiya mudofaa vaziri Pol Yonson. 23 sentabr, seshanba kuni u Berlinda nemis hamkasbi Boris Pistorius bilan uchrashuv oldidan: «Biz yangi Yevropa tafakkuriga o‘tishimiz kerak – tinchlik davridagi fikrlashdan urush vaqtiga tayyorlanishga», dedi.
Yonson, shuningdek, Rossiyaning keng ko‘lamli qayta qurollanishiga ishora qildi, uning fikricha, u harbiy jihatdan kuchayib bormoqda va uzoq masofali qurol ishlab chiqarish va elektron urushda sezilarli yutuqlarga erishmoqda.
Shu bilan birga, Shvetsiya Mudofaa vazirligi rahbari NATO bo‘yicha barcha ittifoqchilar ham bir yo‘nalishda harakat qilmayotgani haqida ogohlantirdi va «alyans doirasida mudofaa sarmoyalari diversifikatsiya qilinishi»ni tanqid qildi. 2024 yilda NATOga qo‘shilgan Shvetsiya mudofaa vaziri: «Men mudofaa investitsiyalarining parchalanishini ko‘rishni istamayman», deb qo‘shimcha qildi.
Yonsonning so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiya va Germaniya ishlab chiqarishni ko‘paytirish va mudofaa salohiyatini birgalikda mustahkamlash uchun hamkorlik qilishi kerak. Uning ta’kidlashicha, ikkala davlat ham Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Boltiq dengizi mintaqasida Rossiya tahdidi bilan bog‘liq o‘xshash muammolarga duch kelmoqda.
Mavzuga oid
14:00 / 20.03.2026
SIPRI: Rossiya harbiy xarajatlar o‘sishining eng yuqori nuqtasidan o‘tdi
12:29 / 20.03.2026
YeI yil oxirigacha Rossiya STGdan voz kechishni rejalashtirmoqda
12:27 / 20.03.2026
Estoniya Rossiyani havo hududini buzishda aybladi
10:21 / 20.03.2026