Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar dunyodagi o‘limlarning eng keng tarqalgan sababini ma’lum qildi
Yurak - qon tomir kasalliklari har uchinchi o‘limning sababi ekani ta’kidlanmoqda.
Foto: Depositphotos
Yurak - qon tomir kasalliklari sayyoramizda o‘limning eng keng tarqalgan sababi bo‘lib qolmoqda, deyiladi 1990 yildan 2023 yilgacha 204 mamlakatdagi ma’lumotlarni qamrab olgan yangi hisobotda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, aynan ular har uchinchi o‘limga sabab bo‘lmoqda.
Statistika xavotirli dinamikani ko‘rsatmoqda: agar 1990 yilda yurak va qon tomir kasalliklaridan 13,1 million kishi vafot etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 19,2 millionga yetdi. Shu bilan birga, aksariyat mintaqalarda erkaklarning o‘lim darajasi ayollarga qaraganda yuqori.
Bundan tashqari, yurak-qon tomir kasalliklari DALY ko‘rsatkichi - erta o‘lim yoki nogironlik tufayli yo‘qotilgan sog‘lom hayot yillari sonining asosiy omili hisoblanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, xavf omillarining 80 foizigacha oldini olish mumkin. Ular orasida semizlik, yuqori qon bosimi, qand va xolesterinning yuqori darajasi bor.
Ta’kidlanishicha, ovqatlanishni nazorat qilish, jismoniy faollik va shifokorlarning muntazam nazorati kasalliklarning rivojlanish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.
Mavzuga oid
17:09 / 04.12.2025
Yo‘talni dorilarsiz ketkazish mumkinmi?
01:36 / 01.12.2025
Yurak uchun eng foydali mahsulotlar aytildi
18:41 / 27.11.2025
Diabetga chalingan odamlarning 40 foizgacha qismida buyrak kasalligi rivojlanadi – Mayo clinic
23:31 / 26.11.2025