Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Putin to‘xtashi kerak» - Tramp Rossiya haqida bir qator kutilmagan bayonotlar berdi
Shuningdek, Turkiyadan Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishni so‘radi.
Foto: Anadolu Agency
AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvi chog‘ida Rossiya rahbari Vladimir Putin «to‘xtashi kerakligini» aytdi.
«Odamlar hayoti bekorga sarflanyapti. U to‘xtashi kerak, Vladimir Putin to‘xtashi kerak... Rossiya bombalar, raketalar, qurol-yarog‘lar va odamlar hayoti uchun millionlab dollar sarfladi, ammo ular deyarli hech qanday hududni egallamadi», dedi Oq uy rahbari.
Erdo‘g‘an haqida gapirar ekan, Amerika yetakchisi Rossiya «Ukrainaga qarshi to‘xtovsiz hujumini davom ettirayotgan» bir paytda Turkiya Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatishini istayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u Turkiyaning Ukrainadagi voqealarga ta’sir o‘tkazishi mumkinligini ta’kidladi.
«Hamma Erdo‘g‘anni hurmat qiladi, men ham uni hurmat qilaman. U istasa, Ukrainadagi urushning borishiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq betaraf qolishni afzal ko‘ryapti», deb ta’kidladi Tramp va Turkiya prezidenti butun dunyoda, jumladan, Ukraina va Rossiyada ham katta hurmatga sazovor ekanini qo‘shimcha qildi.
Oq uy rahbari so‘zlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an qudratli armiya tuzdi va Amerika uskunalaridan faol foydalanmoqda, bundan tashqari, u «Putinni Tramp kabi yaxshi biladi».
Mavzuga oid
21:16
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28