Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelasi 10 kunlikda quruq ob-havo hukmron bo‘lishi kutilyapti
O‘zbekistonda kelasi 10 kunlikda quruq ob-havo hukmron bo‘ladi. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
Mutaxassisga ko‘ra, prognozlar sentabrning oxiri va oktyabrning boshida quruq va salqin ob-havo bo‘lishini ko‘rsatmoqda.
Unga ko‘ra, bu kabi ob-havo muhiti xalq tilida mezon deyiladi. Bunday davrda kunduz kunlari harorat tanga yoquvchi quyosh nurlarini, tunlar esa etni junjituvchi salqinlikni taqdim etadi.
Oktyabr boshlarida sentabrning so‘nggi kunlariga nisbatan kunduz kunlari ham, kechalari ham havo harorati 3-4 darajaga pasayadi.
Erkin Abdulahatovning qayd etishicha, kelayotgan oktyabr ko‘p yillik o‘rtacha darajadagi oktyabr ob-havosiga mos bo‘lishi, ayrim viloyatlarda sovuqroq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
14:30 / 02.03.2026
🔴 LIVE: Hafta quruqmi yoki nam?
21:07 / 26.02.2026
Mart oyining ob-havosi bahoriy beqaror bo‘lishi kutilmoqda
10:16 / 26.02.2026
Toshkentda yog‘ingarchilik va kuchli shamol kutilmoqda: fuqarolarga xavfsizlik choralari eslatildi
11:02 / 25.02.2026