Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya O‘zbekiston bilan aviareyslar sonini ko‘paytirishga qiziqish bildirdi
Transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Latviya transport vaziri Atis Shvinka boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Foto: Transport vazirligi
Latviya temir yo‘llari, Riga, Liyepaya va Venspils portlari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar temir yo‘l, avtomobil tashuvlari, havo aloqasi va port xizmatlari sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, Latviya tomoni aviareyslar sonini ko‘paytirish, yuk tashuvlari hajmini oshirish hamda elektron tijoratni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.
O‘zbekiston tomoni esa raqamli transport hujjatlariga o‘tish, avtomobilda yuk tashuvlari uchun ruxsatnoma blankalari sonini ko‘paytirish, tranzit tashuvlari uchun ruxsatnomasiz tizimni joriy etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘tardi.
Ilhom Mahkamov Sharq – G‘arb hamda janubiy yo‘nalishda xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berdi va Latviya tomonini ushbu yo‘laklar salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda choralar ko‘rishga chaqirdi.
Mavzuga oid
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi
15:37 / 25.03.2026