3 oktyabr holatiga köra, 1 gramm oltin quymasining narxi 1 mln 552 ming sömni taşkil etdi. Narxlar bir oyning özida 10,8 foizga, yil boşiga nisbatan esa 38,7 foizga qimmatladi. Demak, oltin nafaqat mamlakatlar uçun, balki jismoniy şaxslar uçun ham daromad manbayi böla oladi. Şunday ekan, qulay investitsiya vositasi bölgan oltin savdosi haqida uşbu maqolada batafsil töxtalamiz.

Dastavval oltin quymalar haqida
Özbekiston Markaziy banki oğirligi 5, 10, 20 va 50 gramm bölgan, 999,9 soflikdagi oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga çiqarib kelmoqda. Quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotiladi. Uşbu qadoq sertifikat vazifasini bajarib, har bir quymaning seriya raqami körsatiladi, bu uning asilligini tasdiqlaydi.
Oltin quymalari banklarning ayrim filiallarida sotiladi. Yetkazib beriş xarajatlari va bank foydasini hisobga olib, quymalar narxi Markaziy bank belgilagan narxdan farqlanişi mumkin.
Oltin quymalarini sotib oliş bosqiçlari
Quymalarning joriy narxlarini Markaziy bank saytidan bilib oliş mumkin. Saytdan, şuningdek, quymalar qaysi bankda mavjudligini röyxatdan tekşiriş zarur.
Tanlangan bank filialiga borib, şaxsni tasdiqlovçi hujjat asosida naqd yoki naqd pulsiz oltin quymasini sotib oliş mumkin. Tölovdan söng sertifikatli va muhrlangan oltin quymasi taqdim etiladi.
Quymalarni sotib olgan investor uning egasiga aylanadi va uni uyda yoki bank yaçeykasida (ijara haqi evaziga) saqlaşi mumkin.














