Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya kompaniyasi O‘zbekistondagi AES qurilishini nazorat qilishga jalb etilishi mumkin
«O‘zatom» direktori Azim Ahmadxo‘jayev Italiyaning Ansaldo Nucleare kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Italiyaning Ansaldo Energia xoldingi O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishiga jalb etilishi mumkin. Bu haqda «O‘zatom» agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, «O‘zatom» direktori Azim Ahmadxo‘jayev Ansaldo Energia xoldingi va uning atom energetikasi texnologiyalariga ixtisoslashgan kompaniyalaridan biri — Ansaldo Nucleare rahbariyati bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishda texnologik integratsiya va italiyalik hamkorlarning yordamchi tizimlari yechimlarini O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi.
Xususan, xolding kompaniyalarini O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasini amalga oshirishni nazorat qilish, shuningdek, samarali yordamchi yechimlarni ishlab chiqish uchun texnik maslahatchilar sifatida jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ansaldo Nucleare kompaniyasining o‘z ishlanmasi bo‘lgan ishlatilgan yadro yoqilg‘isini boshqarish tizimlarini olish imkoniyati bilan radioaktiv chiqindilar bilan ishlash sohasida kompaniya bilan o‘zaro hamkorlik qilish xususiyatlari batafsil o‘rganildi.
Shu bilan birga, Italiya tomoni milliy normativ-huquqiy bazani shakllantirish va litsenziyalash bo‘yicha maslahat faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, ikki mamlakat manfaatlari yo‘lida atom sohasida texnologiyalarni doimiy ravishda takomillashtirish va kadrlar tayyorlash maqsadida qo‘shma ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etishga qiziqish bildirdi.
Jizzax viloyatining Forish tumanida kichik quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) reaktori binosi uchun poydevor kotlovanini qazish ishlari boshlandi.
O‘zatom xabariga ko‘ra, AES reaktorini joylashtirish uchun 2026 yil mart oyida birinchi betonni quyish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026