Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’lim xizmatlari hajmida Toshkent shahri ulushi yuqori bo‘lib qolmoqda
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar-sentabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 26,3 trln so‘mni tashkil etdi. Umumiy hajmda Toshkent shahrining ulushi eng yuqori bo‘lib, xizmatlar qiymati 12,8 trln so‘mga yetdi.
Foto: Getty Images
Joriy yilning to‘qqiz oylik yakuniga ko‘ra, ta’lim xizmatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,2 foizga oshgan. Hududlar kesimida ko‘rsatkichlar quyidagicha:
- Toshkent shahri — 12,8 trln so‘m;
- Samarqand — 1,9 trln so‘m;
- Farg‘ona — 1,7 trln so‘m;
- Andijon — 1,3 trln so‘m;
- Buxoro — 1,3 trln so‘m;
- Toshkent viloyati — 1,3 trln so‘m;
- Namangan — 1,2 trln so‘m;
- Qashqadaryo — 1,2 trln so‘m;
- Surxondaryo — 860,3 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston R. — 834,8 mlrd so‘m;
- Xorazm — 826,6 mlrd so‘m;
- Jizzax — 408,2 mlrd so‘m;
- Navoiy — 343 mlrd so‘m;
- Sirdaryo — 257,5 mlrd so‘m.
Mutaxassislar Toshkent shahridagi yuqori ulushni aholi zichligi, oliy va nodavlat ta’lim muassasalari majmuasi kengayishi, shuningdek, xususiy ta’lim xizmatlari bozorining faol o‘sishi bilan izohlaydi.
Mavzuga oid
18:38 / 03.03.2026
Ro‘yxatga olishda 8,3 million xonadonda yashovchi aholi qamrab olindi
12:25 / 03.03.2026
2026 yilning ilk oyida O‘zbekistonda energoresurslar ishlab chiqarish qanday o‘zgardi?
11:29 / 28.02.2026
2025 yilda “parkovka” xizmatlari narxi 15,5 foizga oshdi
14:33 / 27.02.2026