Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Venesuela qirg‘oqlariga 16 ming kishilik harbiy guruhni jo‘natdi
Karib havzasida keng ko‘lamli AQSh harbiy ishtiroki Tramp ma’muriyatining mintaqadagi operatsiyalarni kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat beradi.
Foto: navy.mil
Prezident Donald Tramp Venesuela qirg‘oqlariga 16 ming kishidan iborat harbiy guruhni jo‘natdi, deb yozdi The Washington Post. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, kuchlar tarkibiga sakkizta harbiy kema, atom suvosti kemasi va aviatsiya, jumladan, B-52 strategik bombardimonchi samolyoti va F-35 qiruvchi samolyotlari kiradi. Bundan tashqari, beshta kuzatuvchi kema bilan birga Gerald Ford aviatashuvchisi Karib dengiziga yuborildi.
Karib havzasida keng ko‘lamli AQSh harbiy ishtiroki Tramp ma’muriyatining mintaqadagi operatsiyalarni kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat beradi. Bu Vashington va Karakas o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikning kuchayishiga olib keladi va Qo‘shma Shtatlarning Venesuela hududiga birinchi zarba berish ehtimolini oshiradi, deya ta’kidlaydi nashr.
AQSh 24 oktabr kuni Gerald Ford boshchiligidagi hujum guruhini joylashtirishini e’lon qildi. Oq uy bu qadamni mintaqada narkotrafikka qarshi kurash bo‘yicha operatsiyalar kuchaytirilgani bilan izohladi. Shu kuni Vashington Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroga qarshi sanksiyalar kiritdi.
The Wall Street Journal va The New York Post o‘z manbalariga tayanib, AQSh ma’muriyati giyohvand moddalar savdosiga qarshi operatsiyalar doirasida Venesuela hududidagi harbiy nishonlarga ehtimoliy zarbalarni ma’qullaganini va Pentagon tez orada harakatlarni boshlashi mumkinligini yozgan. Donald Trampning o‘zi bunday xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini takrorlab kelyapti.
The Washington Post nashriga ko‘ra, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rossiyadan harbiy yordam so‘ragan. Karakas Moskvadan 14 ta zenit-raketa majmuasini yetkazib berish, bir nechta Su-30MK2 qiruvchi samolyotlarini ta’mirlash va tiklash, sakkizta dvigatelni mukammal ta’mirlash, beshta radarni ta’mirlash va logistika yordamini so‘ragan. Shu bilan birga, Maduro Xitoy va Eronga «harbiy hamkorlikni kengaytirish»ni so‘ralgan murojaatlarni yuborgan. Nashr Pekin va Tehron bunga qanday munosabat bildirganiga aniqlik kiritmagan.
Mavzuga oid
10:41
CNN: “Tugamas urush” Tramp uchun siyosiy yukka aylanmoqda, Yevropa muzokaralar tanazzulidan xavotirda
09:59
AQSh Venesuela sohillari yaqinida juda yirik neft tankerini musodara qildi
09:10
Yevropa yetakchilari Tramp bilan Ukraina bo‘yicha tinchlik yo‘llarini izlamoqda
08:59