Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya 2026 yilda Kiyevga yordamni yana 3 mlrd yevroga oshirmoqchi
GFRning 2026 yilgi budjetiga Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun 8,5 mlrd yevro kiritilgan, ammo Berlin hukumati bu summani yana 3 mlrd yevroga ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Handelsblatt’ga ko‘ra, mablag‘ dronlar va artilleriyaga yo‘naltirilishi mumkin.
Foto: Kay Nietfeld/dpa
Germaniya rasmiylari 2026 yilda Ukrainaga moliyaviy yordamni sezilarli oshirishni rejalashtirayotgani haqida 4 noyabr kuni Handelsblatt gazetaci GFR hukumatidagi manbalarga tayanib xabar berdi. Ularning ma’lum qilishicha, moliya vaziri Lars Klinґbayl mudofaa vaziri Boris Pistorius bilan birga bundestag muhokamasiga Ukrainaga yana 3 mlrd yevro ajratish masalasini kiritadi.
Qo‘shimcha mablag‘lar artilleriya, uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) va zirhli texnika xarid qilishga, shuningdek Berlin allaqachon Kiyevga bergan ikkita Patriot havo himoyasi tizimini almashtirishga sarflanishi kutilmoqda. 2026 yilgi federal budjet to‘g‘ridagi qonun loyihasining so‘nggi versiyasida Ukraina uchun 8,5 mlrd yevro ko‘zda tutilgan. Bundestag hujjatni kelasi hafta yakuniy tasdiqlashi lozim.
«Rossiya tajovuzidan himoya qilish uchun qancha zarur bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz», — deydi hukumat doiralaridagilar.
Reuters agentligi ta’kidlashicha, Germaniya — Yevropada Ukrainaga harbiy yordam bo‘yicha eng yirik donor. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi to‘liq qamrovli hujum boshlanganidan beri Berlin Kiyevga taxminan 40 mlrd yevro ajratgan.
Reuters’ning hukumatdagi manbasi ma’lum qilishicha, GFR kansleri Fridrix Mers 2026 yilda Ukrainaga qo‘shimcha mablag‘larni taklif etilgan hajmda berishni qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid
21:25 / 07.12.2025
Dunyo bo‘ylab barcha binolarning birinchi 3D kartasi ishlab chiqildi
18:01 / 07.12.2025
AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch kunlik muzokaralarda o‘sishga erishilmadi
09:22 / 07.12.2025
Rossiya yana Ukrainaga dronlar va raketalar bilan hujum qildi
01:22 / 07.12.2025