Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul: KXDR Rossiyaga yana 5 ming harbiy yubordi
Janubiy Koreya parlamentining razvedka ma’lumotlariga tayangan xabariga ko‘ra, minglab shimoliy koreyalik harbiylar infratuzilmani tiklash bo‘yicha qurilish ishlarida ishtirok etish uchun RFga yuborilgan.
Foto: Reuters
Besh ming shimoliy koreyalik harbiy «infratuzilmani tiklash» ishlarida qatnashish uchun Rossiyaga yuborilgan. Bu haqda 4 noyabr kuni Janubiy Koreyaning «Yonhap» agentligi parlamentning razvedka bo‘yicha qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.
«Taxminan 5000 nafar shimoliy koreyalik harbiy-quruvchilar sentabrdan beri bosqichma-bosqich Rossiyaga jo‘natilmoqda va ular infratuzilmani tiklashga jalb etilishi kutilmoqda», — dedi deputat Li Son-gvon.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Seul RFga keyingi navbatda harbiylar yuborishga tayyorgarlik doirasida «xizmatchilarni o‘qitish va tanlab olishning belgilari»ni ham qayd etmoqda.
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Rossiya–Ukraina chegarasi yaqinida taxminan 10 ming shimoliy koreyalik harbiy bor, yana taqriban 1000 nafar sapyor minadan tozalash ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Deputat qo‘shimcha qilishicha, KXDRning kamida 600 nafar harbiysi Rossiyaning Ukrainadagi urushi davomida halok bo‘lgan.
Bundan avval Janubiy Koreyaning Milliy razvedka xizmati (NIS) KXDR Rossiyaga yuborgan, urushda ishtirok etgan harbiylardan taxminan 2000 nafari halok bo‘lgan, degan bahoni keltirgan edi.
2024 yil oktyabridan beri Shimoliy Koreya Rossiyaga harbiy xizmatchilardan tashqari qurol-yarog‘ — jumladan artilleriya snaryadlari, raketalar va uzoq masofali raketa tizimlarini ham yuborgani haqida AFP agentligi aniqlik kiritgan.
Mavzuga oid
21:52
Lavrov atrofida mish-mishlar: Rossiya bosh diplomati ko‘rinmay qoldi
19:21
Sankt-Peterburgda migrantlarga taksichi va kurer bo‘lib ishlashga qo‘yilgan taqiq uzaytiriladi
18:25
Rossiyada Ob daryosi suvini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyati o‘rganiladi
16:33