Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shatdaun bois Vashington Yevropaga qurol-yarog‘ yetkazishni to‘xtatdi – OAV
Daniya, Xorvatiya va Polshaga qurollar yetkazib berish to‘xtatilgan. Gap xususan, AMRAAM raketalari, Aegis va HIMARS jangovar tizimlari haqida bormoqda.
Foto: Global Look Press
Hukumat ishi to‘xtab qolgani sababli AQSh NATO bo‘yicha ittifoqchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 5 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ eksportini ortga surdi. Bu haqda Axios AQSh davlat departamenti vakiliga tayanib xabar berdi.
«Bu ittifoqchi va hamkorlarimizga ham, Amerika sanoatiga ham real zarar yetkazadi», — degan davlat departamentining yuqori martabali vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shatdaun sababli Daniya, Xorvatiya va Polshaga qurollar yetkazib berish to‘xtab qolgan. Gap xususan, AMRAAM raketalari, Aegis va HIMARS jangovar tizimlari haqida bormoqda.
Senat 1 oktyabrdan buyon hukumat budjetini tasdiqlay olmayapti. Demokratlarning sog‘liqni saqlashga xarajatlarni oshirishni talab qilayotgani buning sabablaridan biri hisoblanadi.
Budjet inqirozi bois davlat idoralari ishi qisman yoki to‘liq to‘xtab turibdi — bu mamlakat tarixidagi eng uzoq shatdaun. 750 mingga yaqin xizmatchi maoshsiz ta’tilda, siyosiy kelishuv esa hali noaniq.
AQShdagi budjet inqirozi 1996 yil boshida 22 kun, 2013 yilda 16 kun, 1995 yilda olti kun, 1990 va 2018 yillarda uch kundan davom etgan.
Mavzuga oid
14:35 / 05.12.2025
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40 / 05.12.2025
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00 / 05.12.2025
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40 / 05.12.2025