Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy osmonda navbatdagi inqilobni boshlamoqda!
Aeroportdan shahar markazigacha 12 daqiqa - na tirbandlik, na svetofor. EHang nomli Xitoy kompaniyasi ushbu orzusini haqiqatga aylantirmoqchi: uchuvchisiz havo taksilari endi faqat kinoda emas, tez orada osmonda uchadi.
Foto: Ehang
Kompaniya dunyoda birinchi bo‘lib ruxsat olgan — hukumat ularning dronlarini tijorat maqsadida yo‘lovchi tashishga qo‘ygan. Reja bo‘yicha xizmat uch yil ichida ishga tushadi, narxi esa taxminan 30 dollar. Ya’ni oddiy premium taksidan biroz qimmatroq, lekin hashamatli transferlardan ancha arzon.
EH216-S nomli ikki o‘rinli havo taksilari 15 km masofani 12 daqiqada bosib o‘tadi. Ular ixcham, tejamkor va ekologik toza. Biroq bir cheklov bor: uchish masofasi 35 km dan oshmaydi, shuning uchun bu texnologiya avvalo yirik shaharlar va aeroportlarga yaqin joylashgan hududlar uchun mo‘ljallangan.
Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor
Agar bu tizim ommalashsa, nafaqat transport, balki sayyohlik va logistika bozori ham o‘zgaradi. Aeroport navbatlari o‘rniga — dron terminali, taksi chaqirish o‘rniga — havo yo‘lini bron qilish kerak.
Bundan tashqari, Xitoydagi yana bir gigant — Xpeng Motors Aride — yaqinda dunyoda ilk bor modulli uchuvchi avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Har 30 daqiqada bitta avtomobil yig‘ilmoqda. Bu esa “osmon yo‘lidagi transport tirbandligi” endi shunchaqa mem emas, balki yaqin kelajakdagi muammo bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.
Mavzuga oid
09:13 / 25.12.2025
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
15:21 / 22.12.2025
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
18:22 / 20.12.2025
Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada ushlab qolinayotganiga izoh berildi
07:52 / 20.12.2025