Jahon | 16:58 / 13.11.2025
6355
3 daqiqa o‘qiladi

“Temiryo‘lni 5 yilda qurib bitkazamiz” – Qirg‘iziston transport vaziri

Kun.uz bilan gaplashgan Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziriga ko‘ra, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li 5 yil ichida to‘liq qurib bitkaziladi. Kelishuvga muvofiq loyihani uchala davlat ham moliyalashtiradi. Asosiy pudratchi esa Xitoyning “China railways” kompaniyasi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Markaziy Osiyoning eng muhim infratuzilmalaridan biri bo‘ladigan – Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi shu yilning iyulidan boshlangan. 2024 yil yozida esa uch davlat hukumati qurilish bo‘yicha asosiy hujjatni qabul qilgandi. Ushbu temiryo‘l Xitoyning g‘arbiy hududlarini Qirg‘iziston orqali O‘zbekiston bilan bog‘laydi. Bu loyiha esa “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining eng muhim tarmoqlaridan bo‘ladi. 

Umumiy uzunligi 450 kilometr bo‘luvchi temiryo‘l qurilishiga taxminan 5-6 mlrd dollar sarflanadi. Biroq qaysi davlat qancha tikishi hozircha aniq bildirilmagan. Rasmiylarga ko‘ra, moliyalashtirish Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston hamda xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari evaziga amalga oshmoqda. 12 noyabr kuni Toshkentdagi SASSA+ hamda Markaziy Osiyo transport vazirlari uchrashuvida qatnashgan Qirg‘iziston transport vaziri Absattar Sirgabayev ham buni tasdiqladi. Temiryo‘lni 5 yilda to‘liq bitkazamiz, deydi u. 

Bugungi kunga kelib, bu loyiha bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Biz qurilishni boshladik. Avvalo Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha bosh pudratchini aniqlab oldik. Hozir qurilishni Xitoy tomoni olib bormoqda. Bosh pudratchi — “China Railvays” kompaniyasi bo‘ldi. Bugungi kunda moliyalashtirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etib bo‘lganmiz. Biz o‘z tarafimizdan tegishli ulushni moliyalashtirib bo‘ldik. Shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy tomonlari ham o‘z ulushlarini moliyalashtirmoqda. Ayni vaqtda qurilish ishlari o‘z maromida ketyapti”. 

-Bu loyiha taxminan qachon yakunlanadi? 

 “Loyiha 5 yildan so‘ng yakunlanadi”, deydi vazir. 

Eslatib o‘tamiz, temiryo‘l Xitoydan O‘zbekiston, Eron, Turkiy ava Yevropaga yuk tashish masofasini 900 kmga, vaqtini esa 7-8 kunga qisqartiradi. Markaziy Osiyoni Rossiya tranzitiga qaramlikdan qisman ozod etadi. O‘zbekistonning esa xalqaro logistika markaziga aylanishiga imkon yaratadi.

Shohrux Majidzoda tayyorladi.

Mavzuga oid