Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Kiyevga tungi hujumi: 14 kishi jabrlandi
Ukraina poytaxtining bir nechta tumanlarida turar joy uylariga shikast yetdi, kamida 14 kishi jabrlandi, ular orasida homilador ayol ham bor.
14 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Kiyevni dronlar va ballistik raketalar bilan ommaviy tarzda nishonga oldi. Kiyev shahar harbiy ma’muriyati boshlig‘i Timur Tkachenkoga ko‘ra, kamida 14 kishi jabrlandi, ular orasida homilador ayol ham bor.
Xabar qilinishicha, turar joy uylari Podol, Dnipro, Desnyan, Solomen, Svyatoshin va Obolon tumanlarida shikastlangan. Goloseyev tumanida parcha-qoldiqlar tushishi oqibatida tibbiyot muassasasida yong‘in sodir bo‘ldi, Shevchenko tumanida esa ma’muriy bino yonib ketgan. Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko ma’lumotiga ko‘ra, issiqlik tarmoqlarining ayrim uchastkalari shikastlangan. Desnyan tumanida bir qator binolarga vaqtincha issiqlik ta’minoti to‘xtagan.
Kiyev viloyatida yana olti nafar jabrlanuvchi borligi ma’lum. Ular orasida bir bola ham bor, deb ma’lum qildi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Nikolay Kalashnik.
14 noyabr kechasi Xarkiv, Cherkassk, Chernixiv va Sumi viloyatlari hokimiyatlari ham pilotsiz uchish apparatlari (dron) xavfi haqida axborot bergan.
Mavzuga oid
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026