Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ko‘cha norozilik aksiyalari ko‘paydi
Rossiyada Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan keyingi to‘rtinchi yilda ko‘cha norozilik aksiyalari soni oshdi. Bunday kuzatuv bilan 16 noyabr kuni sobiq tadbirkor Mixail Xodorkovskiyga aloqador "Mojyem ob’yasnit" Telegram-kanali o‘rtoqlashdi.
Bunday aksiyalarga misol qilib, maqola mualliflari musiqachilarning "chet el agentlari" deb e’lon qilinganlarning qo‘shiqlarini "Stoptaym" guruhini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijro etishini keltiradi. Ushbu guruh ishtirokchilari — yakkaxon Diana Loginova (Naoko), uning turmush o‘rtog‘i bo‘lmish gitarachi Aleksandr Orexov va perkussionist Vladislav Leontev — "karusel hibslar"dan, ya’ni jinoyat ishi qo‘zg‘atmasdan, qamoqda ushlab turish muddatining qayta-qayta uzaytirilishiga duch kelmoqda.
Norozilik aksiyalarining boshqa misollari sifatida Vladivostok, Novosibirsk va Kamchatkada utilizatsiya yig‘imini oshirishga qarshi chiqish, Voronej, Omsk, Novosibirsk va Petropavlovsk-Kamchatskiyda Max davlat messenjeriga qarshi mitinglar, Luchegorskiyda Primorskaya GRESda ishlar olib borayotgan pudrat tashkiloti xodimlariga ish haqi to‘lovining kechikishiga qarshi aksiyalar, Kursk viloyati aholisining harbiy harakatlar tufayli vayronaga aylangan uylari uchun kompensatsiya talab qilishi, hatto fevral oyida Permda kuzatilgan, ro‘yxatdan o‘tmagan "Rassvet" partiyasi a’zosi Yekaterina Dunsova tashkil etgan urushga qarshi piket ham tilga olingan.
Shu bilan birga, Telegram-kanal ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada tobora ko‘proq fuqarolar hukumat siyosatiga nisbatan norozilik ifodasi sifatida mamlakatda "chet el agentlari" va "terroristlar" deb e’lon qilingan yozuvchilar asarlarini o‘qimoqda. Ushbu adabiyotlar xorijdagi nashriyotlar tomonidan chop etiladi, shundan so‘ng ular Rossiyaga "hokimiyat nazoratidan tashqari usullar" orqali olib kiriladi, deyiladi postda.
Mavzuga oid
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55
Rossiyada benzin sotuviga cheklovlar kengaymoqda
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026