Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri qurilish ishlari hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda 224,5 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan. Qurilish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,2 foizga o‘sdi, hududlar kesimida esa eng katta ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yilning yanvar–sentabr oylari uchun qurilish sohasiga oid asosiy ko‘rsatkichlarni e’lon qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha jami 224,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga ko‘pdir. Hududlar kesimida qurilish ishlari hajmi quyidagicha shakllandi:
- Toshkent shahri — 64,1 trln so‘m;
- Toshkent viloyati — 25,2 trln so‘m;
- Samarqand viloyati — 14,2 trln so‘m;
- Buxoro viloyati — 13,8 trln so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 13,7 trln so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 12,8 trln so‘m;
- Andijon viloyati — 11,4 trln so‘m;
- Namangan viloyati — 11 trln so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 10,9 trln so‘m;
- Navoiy viloyati — 10,5 trln so‘m;
- Xorazm viloyati — 9,2 trln so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 7,3 trln so‘m;
- Jizzax viloyati — 5,9 trln so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 4,4 trln so‘m.
Statistikadan ko‘rinib turibdiki, qurilish ishlari hajmi bo‘yicha Toshkent shahri mutlaqo yetakchi hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati va Samarqand viloyati qayd etilgan. Sirdaryo, Jizzax va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘rsatkichlar nisbatan pastroq bo‘lsa-da, ularda ham qurilish hajmi o‘sish tendensiyasi saqlanib qolmoqda, deya ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
10:26 / 27.12.2025
O‘zbekistonda energiya resurslari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
10:12 / 27.12.2025
Chakana savdo 11 foizga, ulgurji savdo 12,8 foizga o‘sdi - yangi raqamlar
15:53 / 26.12.2025
Statistika qo‘mitasi: savdo aylanmalarida ijobiy dinamika saqlanmoqda
13:51 / 25.12.2025