Bu yil özbek sömi sezilarli mustahkamlandi. Lekin qiziği, milliy valutaning qadri oşişi ba’zan ulkan muammoga aylanişi ham mumkin. Eng yorqin misol – 1970-yillardagi AQŞ iqtisodiyoti. Öşanda Amerika hukumati öz valutasini qasddan zaiflaştirişga majbur bölgan edi. Bu orqali mamlakat sanoati inqirozdan saqlab qolingan, lekin Yaponiyada iqtisodiy möjiza yakunlanib, turğunlik davri boşlangan.

Kun.uz “Tarixdan hikoyalar” ruknida bundan 40 yil muqaddam tuzilgan Plaza kelişuvi haqida hikoya qiladi.

Ötgan asrning 80-yillarida AQŞdagi iqtisodiy tizim muvozanatdan çiqib ketadi. Amerika dollari haddan taşqari mustahkamlanib, eksportni qimmatlaştirib yuboradi. Import esa, aksinça, oşib borar, natijada savdo taqçilligi kattalaşib ketgandi. Öz navbatida, Yaponiya, Germaniya kabi boşqa rivojlangan davlatlar öz milliy valutalarining zaifligi tufayli eksportda keskin ustunlikka ega bölişadi.

Masalan, Yaponiya dunyoning eng tez ösayotgan iqtisodiyotiga aylanadi. Toyota, Sony, Panasonic, Mitsubishi kabi gigantlar Amerikaning General Motors va IBM'larini bozorlardan siqib çiqara boşlaydi. Tokiodagi yer narxi Nyu Yorkka qaraganda bir neça baravar qimmatlab ketadi. Köpçilik “XXI asr Yaponiyaniki böladi” deb işona boşlaydi. Ammo bu orzular uzoqqa çözilmaydi va 90-yillarga kelib, Yaponiya iqtisodiy möjizasi töxtaydi.

Bunga 1985 yil 22 sentabr kuni Nyu Yorkdagi maşhur Plaza mehmonxonasida imzolangan tarixiy bitim sabab böladi.

Dollarni zaiflaştiriş Amerikaga nega kerak bölib qoldi?

Ikkinçi jahon uruşidan keyin Yevropa vayrona holatga kelib qolgandi. AQŞ esa dunyoning iqtisodiy yetakçisiga aylanib oladi. Global sanoat işlab çiqarişida AQŞning ulişi qariyb 50 foizni taşkil etar, mamlakatda dunyo oltin zaxiralarining uçdan ikki qismi töplangandi. Natijada dollar global miqyosda asosiy valutaga aylandi va bu maqomni ingliz funtidan tortib oldi. Ammo oradan yillar ötib, Yaponiya va Ğarbiy Yevropa samarali iqtisodiy islohotlar ötkazib, uruşdan keyingi inqirozdan çiqadi va öz sanoatini tiklaydi. Arzon ham malakali işçi kuçi evaziga ular AQŞ va dunyo bozorlariga arzonroq, lekin sifat jihatidan öxşaş mahsulotlar taklif qila boşlaydi.

AQŞ iqtisodiyoti esa 1970 yillarda ketma-ket yuz bergan energetik inqirozlardan jiddiy zarar kördi. Bu inqirozlar Yaqin Şarqdagi siyosiy voqealar bilan boğliq edi. Natijada inflatsiya oşadi, iqtisodiy ösiş töxtaydi va AQŞ markaziy banki foiz stavkalarini oşirişga majbur böladi. Bu, öz navbatida, dollarni yanada mustahkamlaydi.