Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda namlik purkovchi ulkan qurilma sinovdan o‘tkazilmoqda
Poytaxt hokimligi suv mikrozarrachalarini uzoq masofalarga purkovchi dispersiya qurilmasini sinovdan o‘tkazishga kirishdi.
Bu – poytaxt sharoitiga moslashtirilayotgan innovatsion vositalardan biri, deyiladi hokimlik bayonotida.
Uskunani o‘rnatish uchun tanlangan ilk joylardan biri – Olmazor tumanidagi Taxtapul massivida joylashgan 1-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi.
Sinov tafsilotlari keyinroq ma’lum qilinadi.
Avvalroq O‘zgidromet havo ifloslanishi joriy hafta oxirigacha davom etishini ma’lum qilgandi.
24 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmon imzoladi. Hujjat bilan, poytaxtda ekologik muammolarni hal etish bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi.
Mavzuga oid
18:45 / 27.06.2026
Toshkent va Ammon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026