Donald Tramp Venesuelaga kelganda özining “tinçlikparvar” tönini yeçişga tayyor. 24 noyabr kuni AQŞ armiyasining Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi boşliği, general Den Keyn yana Puerto-Riko oroliga bordi. Maqsad – Venesuelaga qarşi reja qilingan harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni közdan keçiriş. Xöş, bu yangi keskinlikka asosiy sabab nima?

Hammaga ma’lumki, keyingi vaqtlarda AQŞ özining katta harbiy kontingentini Venesuela atrofiga jamlamoqda, oçiqça tahdidlar qilib Maduro va uning siyosiy rejimini yiqitiş niyatida ekanini aytmoqda.

Şu örinda savol paydo böladi: Tramp – özi kim? Tramp şu paytgaça “men 7-8 ta katta uruşni töxtatdim, menga tinçlik uçun Nobel mukofoti berilişi kerak!” deya özini tinçlikparvar prezident sifatida taqdim qilib keldi. Darhaqiqat, Tramp Yaqin Şarqda tinçlik örnatilişi uçun real harakatlar qildi. Rossiya–Ukraina uruşini töxtatiş uçun ham jiddiy urinişlarni amalga oşirib kelmoqda. Ayni paytda, “tinçlikparvar” Tramp Venesuelaga qarşi yangi, katta uruş boşlaşga tayyorligini aytmoqda.

Venesuela – Lotin Amerikasidagi va dunyodagi eng katta neft zaxiralariga ega davlat. 20-asrning örtalari, ayniqsa 1970-yillardan söng AQŞ Lotin Amerikasidan uzoqlaşa boşladi. Sovuq uruş davrida AQŞ va sobiq SSSR yevropa uçun jiddiy kuraşdi. SSSR qulaganidan keyingi ön yilliklarda esa AQŞ uçun eng muhim mintaqa – bu Yaqin Şarq böldi. Bugungi kunga kelib, AQŞ özining eng ustuvor va uzoq muddatli diqqatini, tabiiyki, Xitoy Xalq Respublikasiga qaratmoqda.

Şu tariqa, uzoq ön yilliklar davomida AQŞ taşqi siyosatida Lotin Amerikasi ustuvor ahamiyat kasb etmadi. Tösatdan, bugun Tramp Venesuelaga uruş qilmoqçi. Buning sabablari nima?

Latinoslar, ya’ni kelib çiqişi lotin amerikalik bölganlar AQŞ taşqi siyosatidan köra içki siyosatida katta rol öynay boşladi. Keyingi çorak asrda AQŞda yaşayotgan latinoslarning soni 35 milliondan 65-68 millionga yetdi. Bu – salkam ikki baravar oşiş degani. Agar bugun AQŞda 340 million aholi bölsa, demak aholining 20 foizini latinoslar taşkil qiladi: har beşta amerikalikdan bittasi – bugun latinos. Şu sababli latinoslar bugun AQŞ hokimiyati, içki va taşqi siyosatiga katta ta’sir qilayotgan aholi qatlamiga aylanib böldi. Kelajakda bu ta’sir faqat oşib boradi.

Ötmişda latinoslar köproq demokratlarga ovoz berardi. Misol uçun prezident Kennediga latinoslarning mutlaq köpçiligi ovoz bergani ma’lum. Lekin keyingi ön yilliklarda AQŞlik latinoslarning siyosiy qaraşlari ança özgardi. Ular Lotin Amerikasidagi söl, sotsialist va kommunist rejimlarni yoqtirişmaydi. Çunki ularning ajdodlari bir vaqtlar öşa davlatlardagi siyosiy vaziyat sababli AQŞga kelişgan. Latinoslarga respublikaçilarning soliqlarni pasaytiriş siyosati ma’qul. Qolaversa, Trampning migratsiya va emigratsiya, hamda narkotrafikka qarşi kuraşini latinoslar qöllab-quvvatlaydi. Garçi latinoslarning özlari emigrantlarning avlodlari bölsa-da, ular migratsiya va emigratsiyaga qarşi, arzon işçi kuçi kelib, ularning iş örinlarini olib qöyişini istamaydi. Şu omillarga köra, latinoslarning katta qismi oxirgi prezidentlik saylovlarida Trampga ovoz berib, uning yutuğini ta’minlagan aholi qatlami sifatida köriladi.