Ko‘chmas mulk | 15:08 / 26.11.2025
1006
1 daqiqa o‘qiladi

Qurilish bozorida asosiy ulushni bino va inshootlar qurilishi egalladi

2025 yil yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda bajarilgan qurilish ishlarining 68,9 foizi bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishiga to‘g‘ri keldi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga ko‘pdir.

Foto: Kun.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda bajarilgan qurilish ishlari hajmi tarkibida eng yuqori ulushni bino va inshootlar qurilishi egalladi — umumiy hajmning 68,9 foizi.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 7 foizga oshgani qayd etilgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmi quyidagicha shakllangan:

  • bino va inshootlar qurilishi – 170,5 trln so‘m;
  • fuqarolik obektlari qurilishi – 51,6 trln so‘m;
  • ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 25,3 trln so‘m.

Statistik ma’lumotlar qurilish bozorida turar joy, ishlab chiqarish va tijorat inshootlari barpo etish yo‘nalishi ustuvorligicha qolib, iqtisodiyotdagi faol investitsiya jarayonlarini aks ettirayotganini ko‘rsatmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid