Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish materiallari sohasida xavfli mahsulotlar reyestri yuritiladi
2026 yil 1 yanvardan qurilish materiallari sohasida yosh olimlar uchun xalqaro ilmiy stajirovkalar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi hamda 2026–2028 yillarda 30 milliard so‘mlik ilmiy loyihalar moliyalashtiriladi. 2026 yil 1 martdan esa xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari uchun elektron reyestr joriy etiladi.
Prezident qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan qurilish materiallari sohasida faoliyat olib borayotgan yosh olimlar uchun belgilangan tartibda xorijiy ilmiy stajirovka tanlovi e’lon qilinadi. Bu orqali sohadagi ilmiy salohiyatni oshirish va xalqaro tajribani joriy etish maqsad qilingan.
Shuningdek, 2026–2028 yillar davomida umumiy moliyalashtirish hajmi 30 milliard so‘mni tashkil etuvchi ilmiy loyihalar tanlovlari e’lon qilinishi belgilangan. Mazkur loyihalar qurilish materiallari sifati, xavfsizligi va innovatsion yechimlarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
2026 yil 1 martdan “Texnik tartibga solish” va “Shaffof qurilish” axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasi doirasida xavfsizligi nomuvofiq deb topilgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarining elektron reyestri yuritiladi.
Elektron reyestr ma’lumotlari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qurilish obektlarida o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari natijalari asosida shakllantiriladi.
Qarorga ko‘ra, “Texnik tartibga solish” va “Shaffof qurilish” axborot tizimlaridagi qurilish materiallarining elektron reyestrida xavfsizligi nomuvofiq deb topilgan korxonalar davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Bu orqali bozorda faqat xavfsiz va standartlarga mos qurilish materiallaridan foydalanishni ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
09:37 / 30.03.2026
Uchta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
08:27 / 17.03.2026