Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga 10 oyda 16,5 trln so‘m sarfladi
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 foizga oshgan.
2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 foizga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 foizni tashkil etgan.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:
- Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m
- Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m
- Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m
- Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m
- Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m
- Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m
- Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m
- Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m
- Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m
- Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m
- Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m
- Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m
- Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m
- Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m
Mavzuga oid
10:45 / 10.07.2026
O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari ma’lum bo‘ldi
11:05 / 29.06.2026
O‘zbekistonda aholisi eng kam hududlar ma’lum bo‘ldi
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
10:25 / 09.06.2026