Jahon | 21:40 / 14.12.2025
2535
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil razvedkasi Avstraliyani teraktlar sodir bo‘lishi haqida ogohlantirgan – OAV

Avvalroq Avstraliyaning Yangi janubiy Uels shtati politsiyasi rahbari Mel Lenon Isroildan bunday ma’lumot olinmaganini ta’kidlagandi.

Foto: Videodan kadr

Isroilning "Mossad" razvedka xizmati avstraliyalik hamkasblarini Avstraliyada yahudiylarga hujum bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan, deb xabar berdi "Kan" telekanali o‘z manbalariga tayanib.

Telekanalning ma’lumot berishicha, Avstraliya teraktlar ehtimoli haqida bir nechta xabar olgan.

Avvalroq Avstraliyaning Yangi janubiy Uels shtati politsiyasi rahbari Mel Lenon Isroildan bunday ma’lumot olinmaganini ta’kidlagandi.

"Agarda politsiya bunday xavf haqidagi razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lganida, keng ko‘lamli choralarni ko‘rgan bo‘lardik", - degan u.

Yakshanba kuni Sidney shahri yaqinidagi Bonday-bich plyajida ikki erkak otishma sodir etdi. Natijada 12 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi yaralandi.

Hujum qilganlardan biri otishmada halok bo‘lgan, ikkinchisi qo‘lga olingan.

Hujum plyajda yahudiylar Hanuku bayramini nishonlayotgan vaqtda amalga oshirilgan.

Mavzuga oid