Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada o‘nlab bemorlarni zaharlagan anesteziolog umrbod qamoq jazosini oldi
«Doktor o‘lim» laqabini olgan Frederik Peshe bemorlarning tomchilariga yurak to‘xtashi va qon ketishiga olib keladigan moddalarni qasddan aralashtirgan.
Fransiyaning Bezanson shahri sudi 12 nafar bemorni o‘ldirganlik va yana 30 kishini zaharlaganlikda aybdor deb topilgan sobiq anesteziolog Frederik Peshega umrbod qamoq jazosini tayinladi, deb yozdi France 24.
Sudning aniqlashicha, 53 yoshli Peshe deyarli o‘n yil davomida - 2008 yildan 2017 yilgacha bemorlarning tomchilariga yurak to‘xtashi va qon ketishiga olib keladigan moddalarni aralashtirgan. Ulardan 12 nafari vafot etgan.
Peshening eng yosh qurboni to‘rt yoshli bola bo‘lib, u 2016 yilda bodomsimon bezlarni olib tashlash bo‘yicha rejali operatsiya paytida ikkita yurak to‘xtashini boshdan kechirgan. Jabrlanuvchilarning eng kattasi 89 yoshda edi. OAV Peshega «Doktor o‘lim» laqabini berdi.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq anesteziolog o‘z hamkasblari bilan janjallashib qolganida ularning qo‘l ostidagi bemorlarni zaharlagan. Ba’zi hollarda u o‘zini qahramon ko‘rsatish yoki shubhalarni olib tashlash uchun zaharlangan odamlarni jonlantirish (reanimatsiya) jarayonida ishtirok etgan.
Peshe tergov davomida zaharlanishlarning aksariyati hamkasblarining «tibbiy xatolari» tufayli sodir bo‘lganini ta’kidlagan. Sudda u o‘zi ishlagan ikkita klinikadan birida haqiqatan ham zaharlovchi shaxs ishlaganini, ammo bu o‘zi emasligini aytgan.
Sud qaroriga ko‘ra, Peshega tibbiyot amaliyoti bilan shug‘ullanish abadiy taqiqlandi. Sobiq anesteziolog hukm ustidan shikoyat qilmoqchi.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026