2025 yil 1 iyuldan Özbekistonda uy-joy xarid qiliş jarayonida eskrou tizimi amaliyotga joriy etiladi. Bu böyiça tegişli prezident farmoni qabul qilingandi.

Yangi tartib fuqarolarning huquqlarini muhofaza qiliş hamda quriliş sohasida qonuniylikni ta’minlaşga xizmat qiladi.

Yangi tizimga köra:

  • şartnomalar faqat davlat röyxatidan ötgan quriliş obektlari böyiça tuziladi;
  • xaridor tölayotgan mablağ töğridan töğri quriliş kompaniyasiga berilmaydi, balki bankdagi maxsus eskrou hisobvaraq orqali amalga oşiriladi;
  • quriliş işlari kamida 30 foizga bajarilganidan sönggina bank tomonidan mablağ köçiriladi yoki kredit ajratiladi;
  • 2025 yil 1 iyuldan 31 dekabrgaça amaldagi va yangi tizim parallel ravişda qöllanadi;
  • 2026 yil 1 yanvardan boşlab faqat eskrou hisobvaraq orqali hisob-kitoblarga ruxsat etiladi;
  • quriliş sohasida şaffoflikni ta’minlaş maqsadida «Şaffof quriliş» axborot tizimi joriy etiladi;
  • uluşli şartnomalar böyiça ma’lumotlar avtomatik tarzda soliq organlariga yuboriladi.