Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab direktorini ishdan noqonuniy bo‘shatgan Farg‘ona viloyati MMTB boshlig‘i javobgarlikka tortildi
Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanidagi maktab direktorini mehnat qonunchiligi talablariga zid ravishda lavozimidan ozod qilgan Farg‘ona viloyati MMTB boshlig‘iga chora ko‘rildi.
Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanidagi maktab direktorini mehnat qonunchiligi talablariga zid ravishda lavozimidan ozod qilgani uchun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi (MMTB) boshlig‘i ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi.
Xabarda MMTB boshlig‘i ismi-sharifi keltirilmagan va unga aynan qanday chora ko‘rilganiga aniqlik kiritilmagan.
Qayd qilinishicha, viloyat boshqarmasi rahbari tomonidan maktab direktorini ishdan bo‘shatish, shuningdek yangi direktor tayinlash jarayonida mehnat qonunchiligi talablari buzilgan. Shu asosda mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jazo belgilangan.
Buvayda tumanidagi 37-maktab direktori Hasanboy Nishonov o‘qituvchilarni dam olish kunlarida navbatchilikka jalb etgani haqidagi xabarlar ortidan tanildi. Shundan so‘ng, Farg‘ona viloyati MMTB maktab direktori pedagogik jamoaga lavozim majburiyatiga kirmaydigan vazifa yuklagani uchun ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
Biroq, keyinchalik navbatchilikka asos bo‘lgan topshiriq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan berilgani ma’lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng, Davlat mehnat inspeksiyasi holatni o‘rganib, maktab direktori mehnat qonunchiligi talablari buzilgan holda lavozimidan ozod etilganini aniqladi va uni lavozimiga qayta tikladi.
Mavzuga oid
17:52 / 13.01.2026
Buvaydada buyruqni bajargani uchun ishdan olingan maktab direktori lavozimiga tiklandi
09:10 / 11.01.2026
Navbatchi ustozlarga ish haqi va Boysunda neft buloqlari - hafta dayjesti
17:27 / 09.01.2026
Respublika bo‘yicha navbatchilikka chiqqan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi – manba
11:30 / 09.01.2026