Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Loukoster chiptalari narxining oshishi va dorixonalarda spirt o‘rniga loson – mahalliy dayjest
Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.
Silk Avia mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar narxini oshiradi
1 fevraldan boshlab Silk Avia mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha yangilangan tariflar kuchga kirishini ma’lum qildi.
Narxlar oshishi 14 ta yo‘nalish bo‘yicha eng minimal tariflar uchun taxminan 7 foizni tashkil etgan. Aviakompaniya sayohatni rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni hisobga olishni tavsiya etmoqda.
Silk Avia — Uzbekistan Airports tomonidan tashkil etilgan loukoster aviakompaniya bo‘lib, parvozlarini 2023 yil 25 apreldan boshlagan. 2023 yil oktyabrda prezident qarori bilan kompaniya brendi saqlab qolingan holda Uzbekistan Airways tarkibiga o‘tkazilgan.
Dorixonalarda spirt o‘rniga loson taklif etilayotgani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasining «sirli mijoz» tadbiri doirasida 20 dan ortiq dorixonada tekshiruv o‘tkazildi. Shundan taxminan 25 foizida spirt so‘ralganda uning o‘rniga loson berilgani aniqlangan.
Qayd qilinishicha, dori vositalarini ishlab chiqarishda GDP sertifikatlari joriy etilib, sifat nazorati kuchaytirilgan davrda ayrim spirt ishlab chiqaruvchilar litsenziya olmagan va spirt o‘rniga loson ishlab chiqarishni boshlagan. Mazkur holat yuzasidan iste’molchilarga to‘liq ma’lumot berilmagani ularni chalg‘itgan.
Raqobat qo‘mitasi bunday holatlarning oldini olish choralarini ko‘rish haqida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tegishli xat chiqargan.
Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi
2026 yil 1 yanvar holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1243 tani tashkil etyapti, deb xabar berdi Soliq qo‘mitasi. Ularning umumiy qarzdorligi 1,3 trln so‘mga yetgan. Shundan 522,5 mlrd so‘mi, ya’ni 38,7 foiz soliq qarzi 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi:
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 492 mlrd so‘mni, Toshkent viloyatida 126 mlrd so‘mni Andijon viloyatida 124 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Sanoat korxonalarini poytaxtdan tashqariga ko‘chirish boshlandi
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ikkilamchi rangli metallarni yig‘ish, qayta ishlash va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «O‘zikkilamchiranglimetall» («O‘zvtorsvetmet») korxonasi atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida Jizzax viloyatidagi sanoat zonasiga ko‘chiriladigan bo‘ldi.
Ekologiya qo‘mitasiga ko‘ra, bir sanoat korxonasini poytaxt hududidan tashqariga ko‘chirish yiliga 226 tonnadan ortiq tashlamani qisqartirish imkonini beradi.
Qayd qilinishicha, Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek, viloyat markazlaridan asbest va sement sanoati, charm-poyabzal hamda parrandachilik ishlab chiqarishlari, qora va rangli metallurgiya, shuningdek, energiya iste’moli yuqori bo‘lgan boshqa tarmoqlarga mansub korxonalarni ko‘chirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
22:53 / 10.02.2026
Olmaliqdagi maktabda baxtsiz hodisa va tadbirkorga norasmiy bandlikni bartaraf etish muhlati – mahalliy dayjest
21:45 / 06.02.2026
«Amir Temur oyligi» va senatorning imperiyaparast chiqishlarga munosabati – mahalliy dayjest
21:56 / 05.02.2026
Xususiy bog‘chalarga imtiyozlar, jarima o‘rniga ogohlantirish va islomiy bank qonuni - mahalliy dayjest
21:48 / 04.02.2026