Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inspeksiya: qurilish, uy-joy va suv tarmoqlarida qator qonunbuzilishlar aniqlandi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi 2025 yilda respublika bo‘yicha 26 804 ta qurilish obektidagi qurilish-montaj ishlarini davlat nazoratiga olgan. Yil davomida obektlarda 370 676 marta nazorat va monitoring tadbirlari o‘tkazilgan.
Foto: Videodan kadr
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 2025 yildagi faoliyatiga doir ma’lumotlar Inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan brifingda e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil davomida respublika bo‘yicha 26 804 ta qurilish obektida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari davlat nazoratiga olingan. Ushbu obektlarda hududiy inspeksiyalar tomonidan 370 676 marotaba nazorat va monitoring tadbirlari tashkil etilgan.
Shuningdek, 24 671 ta ko‘p kvartirali uy-joyning texnik holati o‘rganilib, 7 mingga yaqin qonunbuzilish holati aniqlangan. Qayd etilishicha, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ma’muriy jarimalar qo‘llangan hamda sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.
Bundan tashqari, ichimlik va oqova suv tarmoqlariga 5 745 ta noqonuniy ulanish holati aniqlanib, ularning barchasi bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilgan.
Mavzuga oid
14:27 / 20.05.2026
Ko‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
13:40 / 20.05.2026
Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga munosabatini aytdi
08:54 / 20.05.2026
O‘zbekiston “Qambarota-1” GES qurilishida ishtirokini kengaytirmoqda
08:44 / 18.05.2026