Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning bosimlari oqibatida Kubada yonilg‘i taqchilligi boshlandi
Texas universitetining energetika bo‘yicha eksperti Xorxe Pinonning so‘zlariga ko‘ra, agar Kubada dizel yonilg‘isi tugaydigan bo‘lsa, buning oqibati halokatli bo‘ladi. Chunki mamlakat yo‘lovchi va tijorat transporti, temiryo‘llar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, suv ta’minoti va shakarqamish yetishtirishda dizel yonilg‘isidan foydalaniladi.
Kubada yonilg‘i taqchilligi kuzatilmoqda, bu mamlakat infratuzilmasini vayron qilishi mumkin, deb xabar berdi The Guardian gazetasi.
«Kubaliklar uchun vaziyat juda og‘ir. Kpler analitika kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda faqat bir partiya — Meksikadan 84,9 ming barrel neft kelgan. Agarda boshqa neft kelmaydigan bo‘lsa, Kubada yaqin uch hafta ichida yonilg‘i zaxirasi tugaydi», — deyiladi xabarda.
Texas universitetining energetika bo‘yicha eksperti Xorxe Pinonning so‘zlariga ko‘ra, agar Kubada dizel yonilg‘isi tugaydigan bo‘lsa, buning oqibati halokatli bo‘ladi. Chunki mamlakat yo‘lovchi va tijorat transporti, temiryo‘llar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, suv ta’minoti va shakarqamish yetishtirishda dizel yonilg‘isidan foydalaniladi.
29 yanvar kuni Tramp Kubaga neft yetkazib beruvchi mamlakatlarga nisbatan boj kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges AQShning Kubaga nisbatan harakatlarini xalqaro xavfsizlik uchun «g‘ayrioddiy va favqulodda xatarli» deb baholadi.
Avvalroq Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel Donald Trampni orolni bo‘g‘ishga urinishda ayblagandi.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
09:25 / 24.06.2026
Xavfli deb topilgan yonilg‘i shoxobchalari xavfsiz hududlarga ko‘chiriladi
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
20:15 / 19.06.2026