Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevda 1100 dan ortiq uy kamida ikki oy issiqliksiz qoladi
Klichkoga ko‘ra, Darnitsa IEM o‘qqa tutilishi natijasida jiddiy zarar ko‘rgan. Ta’mirlash kamida ikki oy davom etadi, dedi Kiyev shahar meri.
Ukrainaning poytaxti Kiyevda 1100 dan ortiq ko‘p qavatli turar joy uylari Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga bergan zarbalari sabab kamida ikki oy issiqliksiz qoladi. Bunday prognozni Kiyev meri Vitaliy Klichko payshanba, 5 fevral kuni bildirdi.
Klichko tushuntirishicha, mazkur uylarning Darnitsa va Dnipro tumanlaridagi issiqlik ta’minotini Darnitsa issiqlik elektr markazi (IEM) ta’minlab kelgan. U 3 fevral kuni zarbaga uchragan. Mutaxassislar IEMdagi shikastlanishlarni o‘rganib, ularni tanqidiy deb baholagan va tizimlar hamda uskunalarni tiklash uchun, agar RF tomonidan yana yangi keng ko‘lamli hujumlar bo‘lmasa, kamida ikki oy kerak bo‘ladi, deya xulosa qilgan, dedi mer. Uning aytishicha, zarar ko‘rgan ko‘p qavatli uylarning isitish tizimlaridan 3 fevral ertalab suv to‘kib yuborilgan — tizim muzlab qolmasligi uchun.
Mer qo‘shimcha qilishicha, shahar hokimiyati issiqliksiz qolgan hududlardagi maktablarda qo‘shimcha tayanch isinish punktlarini ochgan. Bundan tashqari, Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati Darnitsa tumanida 36 ta, Dnipro tumanida esa 27 ta qo‘shimcha isinish punktini joylashtirmoqda, dedi u.
Rossiya anchadan beri qo‘shni mamlakatning energetika infratuzilmasiga ommaviy zarbalar berib kelmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp 29 yanvar kuni, o‘zi shaxsan murojaat qilganidan keyin, RF prezidenti Vladimir Putin kuchli sovuqlar fonida yaqin yetti kun davomida Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishni to‘xtatishga rozi bo‘lganini aytgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy energetika infratuzilmasiga zarbalarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha kelishuv haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan, ammo Moskva bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot bo‘lmaganini aniqlashtirgan. Yuz minglab kiyevliklar elektr va issiqliksiz qolmoqda, harorat esa yaqin vaqtgacha −20°C dan past bo‘lib turgan.
2 fevralga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shni mamlakatning energetika infratuzilmasiga zarbalarni yana qayta boshladi, undan oldingi kunlarda esa Ukrainaga yuzlab uchuvchisiz apparatlar va bir necha “Iskander-M” raketalari bilan hujum qilgan. Shu bilan birga, 3 fevral kuni Tramp Kreml rahbari go‘yoki energetika bo‘yicha vaqtinchalik “sulh”ga rioya qilganini aytdi va yana bir bor Moskvani urushni to‘xtatishga chaqirdi.
Mavzuga oid
10:25
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
00:26