Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dron zarbalari: RF neft kompaniyalari yo‘qotishi 1 trln rubldan oshdi
Ukraina dronlarining Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari (NQZ)ga bergan zarbalari tufayli Rossiya neft kompaniyalarining yo‘qotishlari 1 trillion rubldan oshib ketdi. Bu haqda “Kommersant”ga dushanba, 9 fevral kuni Mains sug‘urta brokeri bosh direktorining o‘rinbosari Yevgeniy Borovikov ma’lum qilgan.
Foto: Reuters
“Bizning baholarimizga ko‘ra, neft-gaz sohasida dron (uchuvchisiz apparat)lar zarbalaridan kelgan to‘g‘ridan to‘g‘ri zararlar allaqachon 100 mlrd rubldan oshib ketgan, foyda yo‘qotilishi va bilvosita zararlarni qo‘shganda esa 1 trln rubldan ortiq,” — degan Borovikov nashrga.
Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yil davomida Ukraina Rossiya neft korxonalariga 120 ta hujum qilgan. Zarbalarning ko‘p qismi NQZga (81 ta), dengiz infratuzilmasiga — neft-gaz konlari va tegishli obektlarga (27 ta), quvurlar (8 ta) va tankerlar (4 ta)ga to‘g‘ri kelgan.
Shu fonda Rossiyaning neft va gaz eksportidan tushadigan daromadi qariyb 25 foizga qisqarib, 8,5 trln rublga tushgani RF Moliya vazirligi ma’lumotlarida aytilgan.
“Kommersant” yetakchi sug‘urta kompaniyalaridagi suhbatdoshlarga tayangan holda xabar qilishicha, Rossiyada “terrorizm” va “diversiya”dan sug‘urtalash segmentida zarar darajasi oshgan va allaqachon 100 foizdan ham yuqori ko‘tarilgan. Nashr manbalari buni sug‘urta holatlari soni ortishi bilan bog‘laydi.
Rossiya milliy qayta sug‘urtalash kompaniyasida ta’kidlashlaricha: “zarbalar Rossiya iqtisodiyotini ta’minlaydigan obektlarga — neft-kimyo, gaz, elektr energetikasi korxonalari va infratuzilma obektlariga berilmoqda.” “Kommersant” qayd etishicha, zarar o‘sishi sug‘urta tariflarining qimmatlashishiga olib keladi.
Mavzuga oid
09:09
AQSh Rossiyaning “yashirin floti”ga aloqador tankerni qo‘lga oldi
20:13 / 09.02.2026
Rossiyada migrantlarni ishdan bo‘shatish qoidalari o‘zgartiriladi
15:07 / 09.02.2026
Ukrainada Rossiya Starlink’dan uzishni qanday chetlab o‘tayotgani aytildi
13:41 / 09.02.2026