Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida YTH: Onix yo‘lovchisiga birinchi yordam ko‘rsatildi
2026 yil 25 fevral kuni soat 20:50 larda Toshkent shahar Sergeli tumani, Xonobod ko‘chasida Isuzu va Onix rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Foto: Kun.uz
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida Onix avtomashinasining 1 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan. Hodisa joyiga tez tibbiy yordam brigadasi chaqirilib, jabrlanuvchiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ayni paytda YTH sodir bo‘lish sabablari, to‘qnashuvga olib kelgan holatlar, ishtirokchi transport vositalarining harakat yo‘nalishi hamda texnik holati bo‘yicha tegishli tartibda surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan hujjatlashtirish va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Yo‘l harakati qatnashchilaridan tezlik me’yorlariga rioya qilish, xavfsiz masofani saqlash, yo‘l belgilari va chorraha qoidalariga qat’iy amal qilish, ayniqsa kechki vaqtda harakatlanishda ehtiyotkorlikni oshirish so‘raladi.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
09:00 / 07.04.2026
Sergeli tumanida avtobusda yong‘in chiqdi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026