Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi etnoshaharchani ko‘zdan kechirdi
Majmua 10 million dollarlik investitsiya hisobidan barpo etilgan. Olti gektar maydonda tarixiy qiyofadagi binolar, oilaviy mehmon uyi, do‘mbira ustaxonasi, baxshichilik ekspozitsiyasi, milliy taomlar restorani, bolalar uchun o‘yin maydonchasi hamda musiqiy favvoralar qad rostlagan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida barpo etilgan etnoshaharchaga tashrif buyurdi. Ushbu loyiha Surxondaryo tarixi, hunarmandchiligi va an’anaviy san’ati namunalarini namoyon etish uchun zamonaviy infratuzilmaga ega yangi madaniy maskan sifatida yaratilgan.
Majmua 10 million dollarlik investitsiya hisobidan barpo etildi. Olti gektar maydonda tarixiy qiyofadagi binolar, oilaviy mehmon uyi, do‘mbira ustaxonasi, baxshichilik ekspozitsiyasi, milliy taomlar restorani, bolalar uchun o‘yin maydonchasi hamda musiqiy favvoralar qad rostlagan.



Shaharcha yiliga 180 ming nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega, bu yerda 250 ta ish o‘rni yaratiladi. Mehmonlar nafaqat hunarmandlarning mahsulotlarini xarid qilishi, balki ularning ishini kuzatishi ham mumkin.
Prezident turizm maskanida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, hunarmandlar bilan muloqot qilib, tashrif buyuruvchilar uchun tashkil etilgan badiiy dasturni tomosha qildi.
Mavzuga oid
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
20:16 / 09.04.2026
Shavkat Mirziyoyev So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
19:21 / 09.04.2026
Prezident bond omborlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi
15:32 / 09.04.2026