Prezident Şavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni yoşlar bilan uçraşuvda ta’lim muassasalari rahbarlariga murojaat qilib, OTM rektorlari bitiruvçilarni işga joylaştirişga, maktab direktorlari esa xorijiy til va kasbga örgatişga mas’ul ekanini ta’kidladi.
Yiğilişning uşbu qismi aks etgan videoni jurnalist Aziza Qurbonova Telegram-kanaliga joyladi.
“Respublikada 157 ta oliygohdan atigi 12 tasi bitiruvçilar bilan loyiha qilib, bank krediti orqali 100 nafardan ortiq talabani tadbirkor qildi. Qolgan rektorlar qayerga qarab ötiribdi? Nimaga oylik olyapti? Nimaga vijdoni bölsa, 50 foiz oyligini kassaga topşirmaydi?
Yana bir marta rektorlarni ogohlantiraman: 4-5 yil öqitib, talabani işli qilmagan rektorlar lavozimda ötirişga haqqi bormi-yöqmi, degan savol meni qiynaydi. Men ham köp yil institutda işlaganman. Nimaga oliygohni bitirgan 100 foiz bola işli bölmaydi? Nimaga maktabda 11 yil öqigan bola bitta tilni örganmaydi? Nimaga maktabda 11 yil öqitgan muallim, direktor bitta kasbga örgatmaydi?” – degan davlat rahbari.
Ma’lumot uçun, Özbekiston–2030 strategiyasida 9-sinf bitiruvçilarini kasbiy ta’lim bilan qamrab olişni 2025 yildagi 29 foizdan 2030 yilga borib 50 foizga yetkaziş közda tutilgan.
Şuningdek, bir yil davomida doimiy iş örniga ega OTM bitiruvçilarining uluşini 65 foizga yetkaziş maqsad qilingan. Bu körsatkiç 2025 yilda 52 foiz bölgani qayd etilgan.

















