Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ilk bor ommaviy ravishda “raketa xavfi” e’lon qilindi
Kamida 13 ta Rossiya hududida “raketa xavfi” rejimi e’lon qilindi, ayrimlarida esa - Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri birinchi marta.
Rossiyada 27 fevral, juma kuni kunduzi “raketa xavfi” rejimi bir vaqtning o‘zida kamida 13 ta hududda e’lon qilindi, ularning aksariyati Ukraina bilan chegaradosh emas. The Moscow Times nashri xabar berishicha, ehtimoliy hujum haqida Tatariston, Boshqirdiston, Chuvashiya, Udmurtiya hokimiyatlari, Perm o‘lkasi, shuningdek Samara, Ulyanovsk, Penza, Saratov, Orenburg, Sverdlovsk, Rostov va Kursk viloyatlari rasmiylari ogohlantirgan.
Shu hududlarning kamida sakkiztasida bunday rejim Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga qarshi to‘liq ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri birinchi marta joriy etildi. Ayrim shaharlarda, jumladan Almetevskda jamoat transporti harakati to‘xtatildi, Qozon, Ijyevsk shaharlarida va Samaradagi Kurumoch aeroportida esa odamlar evakuatsiya qilindi.
Chuvashiya hokimiyati respublikaga ikki raketa bilan hujum qilishga urinish bo‘lgani haqida bildirgan: ularning biri urib tushirilgan, ikkinchisi esa “yo‘nalishini o‘zgartirib”, “qo‘shni respublika tomonga uchib ketgan”. Keyinroq hukumat bu ma’lumot “noto‘g‘ri” bo‘lganini va uni tasdiqlovchi dalillar yo‘qligini aytdi.
Shu bilan birga, Shot Telegram-kanali Chuvashiya osmonida Ukrainaga tegishli “Flamingo” rusumli ikki raketa urib tushirilganini da’vo qildi. “Radar po vsey Rossii” kanali esa uchta raketa urib tushirilgani haqida xabar berdi — bittadan: Udmurtiyada, Perm o‘lkasida va Taganrog yaqinida Azov dengizi ustida.
Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar ma’lum qilishicha, Taganrogda “raketa parchalarining tushishi natijasida” Tsiolkovskiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda balkon qisman qulagan. Jabrlanganlar haqida xabar yo‘q.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026