Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada biznesmen Umar Jabroilov vafot etdi
Moskvada Chechenistondan Federatsiya kengashining sobiq a’zosi Umar Jabroilovning jasadi Tverskaya ko‘chasidagi mehmonxonadan topilgani haqida Telegram-kanallar xabar berdi. Uning o‘z joniga qasd qilgani huquqni muhofaza qiluvchi organlar TASS agentligiga tasdiqlagan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvada biznesmen, Chechenistondan Federatsiya kengashining sobiq a’zosi Umar Jabroilov o‘z joniga qasd qilgan. Sobiq senatorning o‘z joniga qasd qilgani haqida 2 mart, dushanba kuni Rossiyaning TASS axborot agentligi huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manba va Jabroilovning sobiq advokatiga tayanib xabar berdi.
Mash Telegram-kanalining yozishicha, sobiq senatorning jasadi Tverskaya ko‘chasidagi mehmonxonadan topilgan, uning yonida to‘pponcha bo‘lgan. Shuningdek, Jabroilovning o‘z joniga qasd qilgani haqida Baza va RBK ham o‘z manbalariga tayanib xabar qilgan.
Mash ma’lumotiga ko‘ra, Umar Jabroilov 2020 yilda ham o‘z joniga qasd qilishga uringan. U 2004–2009 yillarda Chechenistondan Rossiya Federatsiya kengashida vakillik qilgan hamda xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026