Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron: Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tishga uringan har qanday kema nishonga olinishi mumkin
Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ga yaqin manbalar tarqatgan bayonotda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi “yopilgani” va u yerdan o‘tishga harakat qilgan kemalarga o‘q uzilishi mumkinligi aytildi. Biroq rasmiy kanallar orqali bo‘g‘oz yopilgani haqida hozircha huquqiy kuchga ega rasmiy xabar kelmagani bildirilmoqda.
Foto: REUTERS/Amr Alfiky
Eronlik general Sardar Jabariy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishga uringan “har qanday kema”ga hujum qilinishi mumkinligini aytgani haqida mahalliy OAV xabar tarqatdi. Bu haqda Reuters ham axborot berdi.
Shu bilan birga, Buyuk Britaniya Dengiz savdosi operatsiyalari markazi — UKMTO 1 martdagi ogohlantirishida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi rasman yopilgani haqida NAVAREA/IMO kabi tan olingan dengiz xavfsizligi kanallari orqali rasmiy bildirish kelib tushmaganini qayd etdi. UKMTO, shuningdek, VHF orqali “tranzit cheklandi” degan radiomurojaatlar xalqaro dengiz huquqi nuqtai nazaridan tranzit o‘tishni “rasman to‘xtatish” hisoblanmasligini ta’kidlagan.
AQSh Dengiz ma’muriyati (MARAD) ham Ho‘rmuz bo‘g‘ozi, Fors ko‘rfazi va Ummon ko‘rfazida harbiy harakatlar va ehtimoliy javob zarbalari xavfi oshgani bo‘yicha ogohlantirish chiqargan va hozircha u “faol” maqomda ekani ko‘rsatilgan.
Mutaxassislar eslatishicha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi — jahon energetika logistikasidagi eng muhim nuqtalardan biri: u orqali dunyo neft oqimining katta qismi, shuningdek STG savdosining sezilarli ulushi o‘tadi.
Mavzuga oid
21:16
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
09:52
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha yangi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi
22:40 / 05.05.2026