Kun.uzʼning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar şu haqda söz yuritdi.

Ozarboyjon nega tergov natijalarini kutmasdan Eronga nisbatan keskin bayonotlar beryapti?

Anvar Yöldoşev: Menimça, bu holatda Ozarboyjon tekşiruv jarayoni haddan taşqari çözilib ketişidan biroz xavotirda. Ikkinçidan, aşyoviy dalillar masalasi bor. Vaqt ötişi bilan bunday dalillar yöqolib ketişi yoki öz qiymatini yöqotişi mumkin. Menimça, aynan şu ikki sabab Ozarboyjonning tezroq aniqlik kiritişga intilişiga turtki bölyapti. Biroq Ozarboyjon bilan Eron örtasidagi ziddiyatlar yangi emas, ular ança vaqtdan beri mavjud.

Bu ziddiyatlarning bir neça sabablari bor. Birinçidan, Ozarboyjonda Isroilning mavqeyi juda kuçli. Masalan, Ozarboyjon öz neftining taxminan 15 foizini Isroilga eksport qiladi. Şuningdek, mamlakat import qilayotgan qurol-yaroğning qariyb 40-50 foizi ham Isroilga tegişli.

Bundan taşqari, Mossad razvedka xizmatining Ozarboyjondagi faolligi haqida ham köp gapiriladi. Ayrim ma’lumotlarga köra, ular xavfsizlik tizimlari bilan hamkorlik qilib, maslahat va ekspertiza kömagini körsatadi. Ikkinçidan, Qoraboğ uruşi vaqtida Eron köproq Armanistonni qöllagan, Ozarboyjon esa bundan norozi bölib kelgan. Bu ham ikki davlat örtasidagi işonçsizlikni kuçaytirgan omillardan biridir.

Yana bir muhim sabab – Erondagi Ozarboyjon diasporasi masalasi. Turli hisob-kitoblarga köra, Eronda 20-25 million atrofida ozarboyjon millatiga mansub aholi yaşaydi. Tehron uçun bu masala ham doimiy ehtiyotkorlik bilan yondaşiladigan içki siyosiy omil hisoblanadi.

Bundan taşqari, transport yölaklari ham muhim geosiyosiy omilga aylangan. Ozarboyjon Zangezur koridori orqali yangi transport koridori yaratişga intilmoqda. Bu loyiha Armenia hududi orqali ötadi. Agar uşbu koridor amalga oşsa, Eron mintaqaviy tranzit jarayonlaridagi ayrim iqtisodiy uluşidan mahrum bölişi mumkin.

Şuhrat Rasul: Prezident Mas’ud Pizişkiyon voqea yuzasidan oçiq ravişda uzr söragan bölsa, unda yana qanday qöşimça tekşiruv yoki ekspertiza haqida gap ketişi mumkin? Prezidentning özi hodisa uçun mas’uliyatni tan olib, rasmiy ravişda keçirim söradi. Şunday ekan, Ozarboyjon uçun bu tan olişning özi yetarli emasmi, degan savol tuğiladi.