Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevdagi muzeyda Temuriylar davriga mansub noyob eksponatlar topildi
Kiyev shahridagi Bogdan va Varvara Xanenko nomidagi Milliy san’at muzeyida Amir Temur va temuriylar davriga oid qariyb 40 ta noyob eksponat saqlanayotgani aniqlandi.
Foto: “Dunyo” AA
“Dunyo” AA xabar berishicha, O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur muzey kolleksiyasidan Temuriylar davri badiiy an’analariga mansub qimmatli ashyolar o‘rin olgan.
Gap, xususan, sirlangan yarim shar shaklidagi sopol buyumlar — qora, ko‘k va feruza rangli naqshlar bilan bezatilgan, shaffof sir bilan qoplangan kosa va idishlar haqida bormoqda. Ushbu eksponatlar temuriylar davrining yuksak amaliy san’ati va bezak uslubini o‘zida aks ettirishi bilan ahamiyatlidir.
Qayd etilishicha, mazkur tarixiy buyumlar hozirda muzey kolleksiyasida asrab-avaylab saqlanmoqda.
Bu kabi topilmalar Temuriylar davrining madaniy merosi nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy muzey va to‘plamlarda ham keng o‘rin olganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
08:52 / 25.05.2026
Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in yuz berdi
15:50 / 24.05.2026