Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronda zarbalar uchun nishonlar «deyarli qolmaganini» aytdi
Oq uy rahbari Eronga qarshi harbiy operatsiya tez orada yakunlanishini istisno qilmadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy operatsiya tez orada yakunlanishiga shama qildi. U o‘z pozitsiyasini Amerika kuchlari ushbu harbiy operatsiyada juda muvaffaqiyatli harakat qilayotgani va allaqachon sezilarli yutuqlarga erishgani bilan asosladi.
«(Eron hududida) zarba berish uchun nishonlar deyarli qolmadi», dedi AQSh prezidenti Axios nashriga. Uning qo‘shimcha qilishicha, dastlab Vashington operatsiyani olti hafta davom ettirishni rejalashtirgan.
AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi harbiy operatsiya boshladi. 11 mart kuni Isroil mudofaa vaziri Israel Kats mojaro «muddat bo‘yicha hech qanday cheklovlarsiz - qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom etishini» aytdi. Isroil va AQSh rasmiylari Eronga hujumlar kamida yana ikki hafta davom etishini kutmoqda, deb yozdi Axios. Shu bilan birga, Politico yaqinda manbalarga tayanib, AQSh Eronga qarshi kamida 100 kunlik operatsiyani rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:52 / 09.06.2026
Tramp NBA finalida hushtakbozlikka uchradi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026