Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQSh Citibank’ining BAA va Bahrayndagi bo‘limlariga zarba berdi
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bu hujumlarni Eronning ikki bankiga berilgan zarbalarga javob deb atadi.
Foto: Tasnim
Amerikaning Dubay va Bahrayn poytaxti Manamada joylashgan Citibank banki bo‘limlariga dronlar yordamida hujum qilindi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bu hujumlarni Eronning ikki bankiga berilgan zarbalarga javob deb atadi.
«Amerika banki bo‘limlariga hujum dushmanning Eronning ikki bankiga nisbatan tajovuziga javob sifatida amalga oshirildi va agar dushman bunday harakatni yana takrorlasa, Amerikaning mintaqadagi barcha bank bo‘limlari bizning qonuniy nishonimizga aylanadi»,— dedi IIQK vakili Ali Muhammad Nainiy.
11 mart kuni Tehrondagi Sepah Bank raketa hujumiga uchradi, deb xabar bergandi Iran International telekanal. Telekanalning ma’lumot berishicha, bank binosi vayron bo‘lgan.
The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Sepah Bank Eron xavfsizlik kuchlariga maosh to‘laydi.
Mavzuga oid
23:17 / 15.04.2026
Pentagon Kubaga qarshi harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni boshladi – OAV
21:59 / 15.04.2026
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qamalini davom ettirsa, Eron uchta dengizni yopish bilan tahdid qildi
20:51 / 15.04.2026
TIME jurnali 2026 yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi
19:52 / 15.04.2026