Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Osiyo va Yevropa mamlakatlarini o‘z kemalarini Ho‘rmuz bo‘g‘oziga yuborishga chaqirdi
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochiqligi, faqat AQSh, Isroil va ularning ittifoqchilariga tegishli kemalar uchun cheklovlar mavjudligini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp qator mamlakatlarni o‘z kemalarini Ho‘rmuz bo‘g‘oziga yuborishga chaqirdi.
«Xitoy, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va bu sun’iy cheklovlardan jabr ko‘rgan boshqa mamlakatlar butunlay boshsiz qolgan bu millat Ho‘rmuz bo‘g‘ozida xatar tug‘dirmasligi uchun o‘z kemalarini ushbu hududga yuborishlariga umid qilaman», — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh «Eronning harbiy salohiyatini 100 foiz yo‘q qilgan».
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochiqligi, faqat AQSh, Isroil va ularning ittifoqchilariga tegishli kemalar uchun cheklovlar mavjudligini ma’lum qildi.
"Aslida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochiq. U faqat dushmanlarimizning tanker va kemalari uchun yopiq. Bizga hujum qilayotganlar va ularning ittifoqchilari uchun. Qolganlar bemalol o‘tishlari mumkin", - dedi u.
Mavzuga oid
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:50 / 26.06.2026