Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mutaxassis yurak uchun eng foydali olti mahsulotni aytdi
Yurak sog‘lom bo‘lishi uchun ratsionga olti xil mahsulotni kiritish zarur: bular avokado, suli yormasi, qorag‘at, pomidor, yong‘oq va ismaloq.
Ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Beke Endershteynning so‘zlariga ko‘ra, suli yormasi tarkibida xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradigan beta-glyukan mavjud.
Pomidorda yurak-qontomir kasalliklari rivojlanishining oldini oluvchi likopin moddasi bor.
Yong‘oq va avokado omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, qontomirlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qorag‘at va ismaloqda esa ko‘p miqdorda antioksidantlar bo‘lib, ular yurak va qon tomir hujayralarini himoya qilishga yordam beradi.
«Bu mahsulotlarning barchasini osongina topish va kundalik ratsionga kiritish mumkin», — dedi mutaxassis.
Mavzuga oid
21:42 / 28.04.2026
50 yoshdan oshganlar uyqusini tartibga solish bo‘yicha 6 ta foydali maslahat
21:00 / 27.04.2026
Olimlar yurak saratonining kam uchrashi sababini aniqladi
18:58 / 23.12.2025
Shifokor haftada kamida besh marta miriqib kulishni tavsiya qildi
17:09 / 04.12.2025