Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chorsu» metro bekatiga suv kirib ketdi
Avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi suvning katta qismi irrigatsiya-drenaj tizimi orqali tabiiy ravishda chiqib ketganligini bildirgandi.
“Toshkent metropoliteni” DUK «Chorsu» metro bekatiga suv toshganligi yuzasidan tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy munosabat berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat 3 may kuni Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan. Xususan, shahar hududlaridagi irrigatsiya va drenaj tizimlarining o‘z vaqtida tozalanmaganligi hamda ortiqcha yuklama ostida qolishi sababli suv oqimlari ayrim joylarda to‘planib, «Chorsu» metro bekati hududiga ham kirib kelgan.
“Ta’kidlash joizki, metropoliten inshootlari belgilangan tartibda doimiy texnik nazoratdan o‘tkazib boriladi hamda favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar va shahar hokimligiga ilgari ham bir necha bor rasmiy murojaatlar kiritilgan.
Hozirgi vaqtda vaziyat metropoliten xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan, zarur choralar ko‘rilgan hamda bekat infratuzilmasining xavfsiz va barqaror faoliyatini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda”, deyiladi munosabatda.
Qo‘shimcha qilinishicha, «Chorsu» metro bekatida vaziyat to‘liq barqarorlashgan. Poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida uzluksiz amalga oshirilmoqda. Bekat hududiga suv oqib kirish holati to‘liq bartaraf etilgan.
Shuningdek, bekat ichki qismi hamda kirish-chiqish yo‘laklari metropoliten xodimlari tomonidan to‘liq tozalanib, yo‘lovchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar qayta tiklangan.
Avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi suvning katta qismi irrigatsiya-drenaj tizimi orqali tabiiy ravishda chiqib ketganligini bildirgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
09:40 / 15.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026