AQŞ yillar davomida Eronning bulutlarini öğirlab kelganmi?
|22:15 / 14.05.20268 09813 min
2026 yil aprel oyida BAAda joylaşgan, bulutlarni ekiş bilan şuğullanuvçi maxfiy markaz Eron hujumiga uçragani haqida xabarlar paydo böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ayni şu voqeadan keyin Eronda qurğoqçilik tugagani, daryolar tölgani va hatto çöllarda qor yoğgani haqidagi gap-sözlar urçidi.
Insoniyat özining butun tarixi davomida tabiat hodisalari, xususan, ob-havo va iqlim özgarişlarini tuşuniş hamda ularni töliq nazorat qilişga intilib keladi. Çunki qişloq xöjaligidagi hosildorlikdan tortib yirik harbiy kampaniyalarning muvaffaqiyatigaça bölgan juda köp omillar yoğingarçilik miqdori, şamol yönalişi va harorat özgarişiga bevosita va bilvosita boğliq.
Bugungi kundagi ilm-fan va texnologiyaning misli körilmagan taraqqiyoti öta ziddiyatli bir savolni yuzaga keltiryapti: insoniyat tabiat hodisalarini sun’iy ravişda boşqarib, ulardan duşmanga qarşi qirğinbarot qurol sifatida foydalanyaptimi?
Hammasi nimadan boşlandi?
Ötgan oyda iroqlik deputat Abdulla al-Haykaniy Eron, Iroq va Turkiya hududlarida kuzatilgan noodatiy kuçli yomğirlar fonida jiddiy iddao bilan çiqdi. Göyoki AQŞ va uning ittifoqçilari harbiy töqnaşuvlar tufayli havo hududlari yopilgani uçun özlarining iqlim qurollarini qöllaşni vaqtinça töxtatişga majbur bölgan va natijada mintaqaga yana yomğirlar qaytdi.
Uning gaplari ijtimoiy tarmoqlarda virusday tez tarqaldi. Deputatning tarafdorlari sirli samolyotlar yillar davomida Eronga kirib kelayotgan bulutlarni qasddan tarqatib yuboriş yoki yönalişini özgartiriş orqali mamlakatda sun’iy qurğoqçilik keltirib çiqarayotganini ta’kidlaşyapti.
Iroq janubidagi Maysan viloyatida joylaşgan Haviza botqoğiga uzoq davom etgan qurğoqçilikdan keyin yoğingarçilik sabab suv qaytgan. Foto: Hussein Faleh/AFP
Iroq Meteorologiya xizmati vakili Amir al-Jabriy bu xabarlarni ilmiy va mantiqiy asosga ega emas deya izohladi. U uruş davridagi havo yöllarining yopilişi bilan yomğirning qaytişi örtasida qandaydir sabab-oqibat boğliqligi borligi haqidagi da’volarni töliq inkor etdi
Mavzuga oid
.
Olimlarning ta’kidlaşiça, sayyorada havo haroratining kötarilişi global suv aylanişi jarayonini yanada intensivlaştirib yuborgan. Issiqroq havo özida köproq namlikni saqlab qoliş xususiyatiga ega, bu esa hatto eng qurğoqçil mintaqalarda ham qisqa muddatli, ammo öta kuçli jala quyişiga olib keladi. Buning asosiy drayveri sifatida Örta Yer dengizi sirtidagi haroratning noodatiy darajada yuqoriligi körsatilyapti. Dengiz yuzasining isişi buğlaniş jarayonini tezlaştiradi, atmosferani öta katta miqdordagi namlik bilan töyintiradi va bu havo massalari keyinçalik quruqlik tomon – Turkiya, Iroq va Eron uzra harakatlanadi. Majoziy ma’noda aytganda, Örta Yer dengizi kuçli böron va yomğirlar uçun ulkan “suv baki” vazifasini bajaryapti.
Eron elitasining da’volari
Eronda suv taqçilligi va iqlim özgarişi masalasi şunçaki ekologik muammo doirasidan çiqib, milliyxavfsizlik va siyosiy barqarorlik darajasiga kötarilgan. 2025 yilga kelib vaziyat şu qadar yomonlaşdiki, poytaxt Tehronning asosiy suv omborlari öz siğimining atigi 1 foizigaça tuşib qoldi. Boşqa hududlardagi yirik töğonlar ham 30-60 foiz darajasida işladi.
Vaziyatning kritik nuqtaga yetganini mamlakat prezidenti Mas’ud Pizişkiyon ham tan oldi. U çiqişlaridan birida “Tehronda haqiqatan ham suv qolmadi”, deya ta’kidlab ötgandi. Pizişkiyonning sözlariga köra, hukumat poytaxtni köçiriş imkoniyatini ham körib çiqyapti. Ayni paytda Tehronda 15 milliondan ortiq odam yaşaydi.
Ayrim ekspertlarning ta’kidlaşiça, Eron rasmiylari suv muammosiga taşqi duşmanni aybdor qilib körsatiş orqali ijtimoiy noroziliklarning oldini olişga harakat qilib keladi. Şu sabab ön yilliklar davomida “iqlim quroli” ayblovlaridan köp foydalanilgan. Xususan, 2011 yilda Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod Ğarb davlatlarini qasddan qurğoqçilik keltirib çiqaruvçi maxsus rejalar tuzişda oçiqdan oçiq ayblab çiqqandi. Uning ta’kidlaşiça, yuqori texnologik uskunalardan foydalangan holda, Eronga qarab harakatlanayotgan bulutlar Eronga yetib kelişidan oldinroq yomğir bölib yoğişga majbur qilingan va mamlakat osmoniga namlikdan xoli, quruq havo yetib kelgan.
Keyinroq şunga öxşaş bayonot 2018 yilda Fuqaro mudofaasi taşkiloti rahbari, general Ğulom Rizo Jaloliy tomonidan ham yangragandi. U Isroil va qöşni davlatlardan birining qöşma maxsus jamoasi Eronga kirib kelayotgan bulutlarni yomğirsiz, “bepuşt” qilib qöyayotganini iddao qiladi. U bunga dalil sifatida Afğonistondan tortib Örta Yer dengizigaça bölgan hududda 2200 metr balandlikdan yuqori bölgan barça toğlar doimiy qor bilan qoplangani, ammo faqat Erondagina qor yöqligini keltiradi. Şundan keyin Eron Meteorologiya xizmati direktori Ahad Vazife bu da’volarni ilmiy jihatdan mutlaqo asoslanmagan deya rad etadi.
“General Jaloliy ehtimol men bexabar bölgan qandaydir yaşirin hujjatlarga egadir, biroq meteorologik bilimlar va fizika qonunlariga tayanadigan bölsak, biror bir davlatning qor yoki bulutlarni öğirlaşi mutlaqo imkonsizdir”, degandi u.
“Iqlim quroli” mavjudligi va osmondagi qandaydir körinmas qöl mamlakat tabiatiga qarşi kuraşayotganiga eronliklar tomonidan eng köp keltiriladigan dalillardan biri – bir xil geografik kenglikda joylaşgan Urmiya va Van köllarining bugungi holatidir. Eronning şimoli-ğarbida joylaşgan, 4000 yildan ortiq tarixga ega Osiyoning eng yirik şör suv havzasi – Urmiya köli deyarli butunlay qurib bitdi. Çegaraning narigi tomonidagi Turkiyaning Van köli esa öz suv sathi va barqarorligini saqlab qolyapti.
Urmiya köli
Mutaxassislarning tuşuntirişiça, ikki köl örtasida qator tabiiy va gidrologik farqlar mavjud. Van köli Urmiyadan qariyb 29 barobar çuqurroq. Tabiat qonuniyatiga köra, çuqur suv havzalari tez buğlanişga qarşi ança çidamli böladi. Şuningdek, topografik relef sababli Van kölining janubiy, ğarbiy va şimoliy qismlari Eronga nisbatan tabiiy ravişda nam havo oqimlarini köproq uşlab qoladi.
Bundan taşqari, Eron hukumati yillar davomida notöğri siyosat yuritib kelgan. Urmiya kölini oziqlantiruvçi 13 tadan ortiq asosiy daryolar oqimi ustida yillar davomida önlab ulkan irrigatsiya töğonlari qurilgan. Bu töğonlar kölga boradigan suv yölini töliq kesib qöygan. Minglab çuqur quduqlar orqali yerosti suvlarining nazoratsiz tortib olinişi, şuningdek, suv talab qiladigan intensiv ekinlarni qurğoqçil hududlarda yetiştiriş siyosati ham köl atrofidagi gidrologik muvozanatni butunlay izdan çiqaradi.
Iqlim quroli özi nima?
Köpçilik “iqlim quroli” deganda osmonda yöq joydan qora bulutlar paydo qilib, kutilmaganda döl va töfon çaqira oladigan yoki duşman hududida qasddan jazirama issiqlik va zilzila yarata oladigan texnologiyani tuşunadi. Jahon meteorologiya taşkiloti ma’lumotlariga işonadigan bölsak, ayni paytda zamonaviy ilm-fanda global yoki mintaqaviy iqlimni inson xohişiga köra özgartiriş imkoniyati yöq.
Amaliyotda rasman mavjud bölgan, hukumatlar va maxsus xizmatlar foydalana oladigan yagona ob-havo modifikatsiyasi bu – “bulutlarni ekiş” texnologiyasidir. Tabiatda bulutdan yomğir yoki qor yoğişi uçun undagi öta sovigan suv tomçilari bir-biri bilan birikib, tortişiş kuçi ta’sirida yerga tuşişga yetadigan darajada oğirlaşişi kerak. Buning uçun esa suv tomçilari atrofida birikadigan mitti markazlar – kristallaşiş yoki kondensatsiya yadrolari bölişi talab etiladi. Maxsus jihozlangan samolyotlar, yerdagi generatorlar yoki meteorologik raketalar yordamida bulut qatlamlariga kumuş yodidi yoki oddiy oş tuzi sepib çiqiladi. Natijada kimyoviy modda zarralari atrofida yirik yomğir tomçilari qisqa muddat içida şakllanib, kutilayotgan yoğingarçilikni sun’iy ravişda tezlaştiradi.
Texnologiya qançalik istiqbolli körinmasin, uning imkoniyatlari katta emas. Avvalo, yöq joydan bulut yaratib bölmaydi. Ya’ni bulutlarni ekiş uçun osmonda yetarli darajada namlikka va mos haroratga ega bulut tizimlari tabiiy ravişda mavjud bölişi şart. Mutlaqo musaffo osmonda yoxud quruq havo massalari ustida bu texnologiya bilan yomğir yoğdirib bölmaydi. Ekspertlarga köra, eng mukammal bulut ekiş texnologiyasi bilan ham yoğingarçilik miqdorini maksimal 20 foizgaça oşiriş mumkin.
Umuman olganda, bulut ekiş texnologiyasidan AQŞ, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar qurğoqçilikka qarşi kuraşiş, yirik davlat tadbirlari oldidan “osmonni tozalaş” kabi amaliyotlarda foydalanadi. Masalan, Moskvada bayramlar ötkazilişi arafasida yomğir tadbirga xalaqit bermasligi uçun samoga raketa yoki samolyotlar yordamida maxsus kimyoviy moddalar soçiladi va bulutlar tarqatib yuboriladi. Ammo bulut ekiş texnologiyasi, yuqorida ta’kidlanganidek, faqat lokal xarakterga ega amaliyot bölib, butun mintaqa iqlimiga ta’sir körsata olişi ilmiy jihatdan isbotlanmagan.
Şuningdek, Amerika HAARP yuqori çastotali radiotölqinlar tizimi yordamida atmosferaga ta’sir ötkazib keladi va undan geofizik qurol sifatida foydalanadi degan da’volar ham mavjud. Mazkur ilmiy kompleksda 180 ta katta antennalardan iborat ulkan maydon mavjud bölib, ionosferaning kiçik bir qismini vaqtinça “qizdirib”, sodir böladigan özgarişlarni kuzatiş uçun tadqiqotlar olib borilişi aytiladi. Bu yerda tabiat hodisalarini boşqarişga oid qandaydir amaliyotlar ötkazilganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud emas. Xususan, mazkur majmua 2015 yili Pentagon tasarrufidan çiqarilib, Alyaskaning Fairbanks universiteti boşqaruviga ötkazilgan va jamoatçilik uçun oçiq obekt hisoblanadi.
HAARP tizimi
“Popay” operatsiyasi
Eng qiziği, tarixda iqlimdan duşmanga qarşi qurol sifatida foydalanilgan real misol mavjud. 1960-yillarning örtalariga kelib, AQŞning an’anaviy harbiy strategiyalari Şimoliy Viyetnam armiyasining ğoyat moslaşuvçan va közga taşlanmaydigan logistikasiga qarşi samarasiz bölib qoladi. Xususan, Laos va Kamboja orqali ötuvçi, köplab örmon yöllari va yaşirin ta’minot tarmoqlaridan iborat bölgan maşhur Xo Şi Min söqmoği Şimoliy Viyetnam uçun öta muhim hayotiy arteriyaga aylanadi. Unga havodan berilgan zarbalar kutilgan natijani bermaydi. Natijada Qöşma Ştatlar uruşlar tarixida ilk bor duşmanni yengiş uçun tabiatning özini qurolga aylantirişga urinib köradi.
1967 yildan to 1972 yilgaça bölgan davrda AQŞ maxsus xizmatlari tomonidan “Popay” operatsiyasi nomli dastur işlab çiqiladi. Maqsad – Viyetnam, Laos va Kamboja hududlarida kuzatiladigan tabiiy muson yomğirlari mavsumini sun’iy ravişda uzaytiriş edi. Qöşimça yomğirlar keltirib çiqariş orqali harbiylar duşmanning tuproq yöllarini yumşatib botqoqqa aylantiriş, daryo keçuvlarini yuvib yuboriş va köçkilar orqali ta’minot maşinalari harakatini butunlay falaj qilib qöyişni rejalaştiradi.
Dastlabki eksperimental sinovlar öta muvaffaqiyatli ötadi: ekilgan bulutlarning 82 foizi özidan qisqa vaqt içida kuçli yomğir hosil qiladi. Biroq dastur harbiy nuqtayi nazardan möjiza yarata olmaydi. Şimoliy Viyetnam kuçlari bu şaroitga juda tez moslaşdi: ta’minot marşrutlari tunda taşkil etila boşlanadi, loy qoplagan yöllarni aylanib ötadigan yangi yaşirin söqmoqlar oçiladi. Qolaversa, şamol yönalişlari tez-tez özgarar va ekilgan bulutlar belgilangan joylarga emas, butunlay boşqa hududlarga siljib ketadi. Uruş tugagaç sirlar foş böladi va bu siyosiy va xalqaro rezonansni yuzaga keltirdi. Şundan söng 1977 yilda BMT tomonidan iqlimdan qurol sifatida foydalanişni taqiqlovçi konvensiya qabul qilinadi.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, agar AQŞ kabi qudratli davlatlar haqiqatan ham minglab kilometr masofadan bulutlarni boşqariş yoki ularni öğirlaşdek fantastik texnologiyaga ega bölganida, birinçi navbatda bundan qurğoqçilikdan doimiy aziyat çekayotgan Arizona, Nevada, Kaliforniya kabi ştatlarini suv bilan ta’minlaşda foydalangan bölardi.