26 Oktabr

20:59

Yaqin Sharqning aholisi eng zich mamlakati – Bahrayn uy-joy muammosini qanday hal etmoqda?

Bahrayn – aholisi eng zich joylashgan mamlakatlar ro‘yxatida yuqori beshtalikka kiradi. Shunday bo‘lsa-da, hukumat ijtimoiy uy-joy dasturlarini nisbatan samarali yo‘lga qo‘ya olgan. Batafsil

18:38

O‘rta biznesni dunyo gigantiga aylantirish san'ati. Samsung reformatori Li Gon Xi hayot yo‘liga nazar

1987 yildan buyon Samsung kompaniyasiga rahbarlik qilib kelgan Li Gon Xi 78 yoshida vafot etdi. U otasi asos solgan, uncha mashhur bo‘lmagan mahalliy darajadagi koreys firmasini o‘z boshqaruvchilik qobiliyati bilan jahonning eng yetakchi brendlari qatoriga olib kirgan atoqli biznesmen sifatida nom qoldirdi. Batafsil

14:29

Bo‘ston tumani hokimi fermerlarni haqoratlagani aks etgan audio tarqaldi. Hokim audioyozuv yuzasidan izoh berdi

Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova o‘zi ishtirokidagi yig‘ilishda yozib olingan audio bo‘yicha izoh berib, quyushqondan chiqishida fermerlarning o‘zini aybladi. Batafsil

12:12

Go‘sht narxi nega qimmatlayapti? Vazirlik izoh berdi

Joriy yilning sentyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishi tezlashdi va 2,2 foiz darajasida shakllandi. O‘tgan yili mos davrda ushbu ko‘rsatkich 1,4 foizni tashkil etgandi. Batafsil

11:33

O‘zbekistonliklarning o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risida ma'lumot berildi

Ta'lim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 1,9 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 foizga o‘sdi. Batafsil

11:11

Sherzod Shermatov internetda suratlari tarqalgan achinarli ahvoldagi sinfxonalar bo‘yicha munosabat bildirdi

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan Chiroqchidagi maktab filiali va shu kabi binolar masalasida fikr bildirdi. Batafsil

00:08

Lukashenko uchun «dedlayn»: «Milliy ultimatum» muddati tugadi. Endi nima bo‘ladi?

Belarus yana namoyishlar ichida qoldi. Xo‘sh, o‘ziga xos dedlayn tugayotgan tunda Belarusda nimadir o‘zgaradimi? Batafsil

25 Oktabr

22:18

AQSh ketishini kutayotgan Afg‘oniston: «Tolibon»ning faollashuvi va yangi fuqarolik urushi soyasi

Afg‘onistonda tinchlik muzokaralari to‘xtab qolishi fonida toliblar hujumga o‘tishni boshlamoqda. Mamlakatdan amerikalik harbiylarning barchasi olib ketilgach tinchlik o‘rnatiladimi? BBC korrespondenti Liz Duset shu kabi savollarga javob izladi. Batafsil

17:50

Dunyodagi vaziyat: Covid-19 izlarini kanalizatsiyadan izlashmoqda, epidemiya yozgacha tugamaydi

Shu kunlarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Shimoliy yarimsharda joylashgan mamlakatlar «kritik bosqich»da turgani haqida ogohlantirdi. Batafsil

15:46

Saudiya Arabistoni 1 noyabrdan boshlab xorij fuqarolarining Umra ziyoratiga ruxsat berdi

Fuqarolari Umra ibodatini ado etishiga ruxsat beriladigan mamlakatlar ro‘yxati hozircha e'lon qilinmadi. Batafsil

04:42

Habib Nurmagomedov Jastin Getjini muddatdan oldin taslim etdi va faoliyati yakunlanganini e'lon qildi

24 Oktabr

17:44

1 noyabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Kun.uz sayti o‘z an'anasiga muvofiq 2020 yil 1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi. Batafsil

16:50

«UzAuto Motors» import mashinalar uchun boj to‘lamaydimi? Deputatlar yana bir so‘rov yubordi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rasul Kusherbayev, Doniyor G‘aniyev hamda Bekmirza Eshmurzayev tomonidan imzolangan import mashinalar boj to‘loviga oid deputatlik so‘rovi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasiga yuborildi. Batafsil

13:19

O‘qituvchilar oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha oshiriladi

AOKAda mamlakatda ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantirish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan prezident farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Batafsil

12:47

Maktab bitiruvchilari so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi

Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda. Batafsil

08:29

Prezident O‘zbekistonda Harbiy tibbiyot akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida qaror imzoladi

Yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ular uchun uzluksiz, bosqichma-bosqich va maqsadli o‘qitish tizimini yaratish hamda harbiy-tibbiy sohada ta'lim, fan va amaliyot uyg‘unligini ta'minlash maqsad qilingan. Batafsil

23 Oktabr

20:58

«Bundan hamma zarar ko‘ryapti» - Go‘sht sotuvchisi narxlar majburan arzonlashtirilayotgani haqida gapirdi

Kun.uz muxbiri Toshkent shahridagi bozorlardan birida bo‘lib, shu kunlarda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan oziq-ovqat mahsulotlari narxi ko‘tarilishi va tushirilishi bilan bog‘liq holatni o‘rgandi. Sotuvchilarning ma'lum qilishicha, rasmiylar bozorda bir xil narx o‘rnatilishi uchun ularga bosim o‘tkazishmoqda. Batafsil

20:56

O‘zbekistonda 2020 yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining minimal narxlari belgilandi

20:00

Tramp va Bayden bahsi: 6 masala yuzasidan iddaolar, ayblovlar va natijalar

AQSh prezidenti Donald Tramp va uning raqibi, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovidan oldin ikkinchi va oxirgi marta jonli debat dasturida uchrashishdi. Batafsil

17:14

O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta zararlanish holatlari kuzatilayotgani ma'lum qilindi

O‘zbekistonda COVID-19ni takroran yuqtirib olish holatlari mavjud, deb ma'lum qildi SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Nargiza Nurullayeva. Batafsil

17:10

Tramp va Baydenning yakuniy bahsi qanday o‘tdi? 

AQShda Donald Tramp va uning prezidentlik saylovidagi raqibi Jo Bayden o‘rtasida so‘nggi debat bo‘lib o‘tdi. CNN so‘roviga ko‘ra, tomoshabinlar ustunlikni amaldagi prezidentning raqibiga berishgan.  Batafsil

17:02

Kun.uz xodimi va IIB xodimlari o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Jurnalistning o‘zi bu ishga kasbi aralashtirilmasligini so‘ramoqda

Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘ziga nisbatan kuch ishlatilgani haqida xabar berdi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan o‘rganishlar olib borilayotganini ma'lum qilgan. Batafsil

11:03

Markaziy bank raisi O‘zbekiston «ko‘p oltin sotib yuborgani» haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

Mamarizo Nurmuratov Markaziy bank oltin-valuta zaxira tarkibini o‘zgartirib turish vakolatiga egaligini ma'lum qildi. Batafsil

09:53

Bahodir Toshmatov Xavfsizlik kengashiga ishga o‘tkazildi

O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Toshmatov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashiga ishga o‘tkazildi. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi. Batafsil

22 Oktabr

21:37

Yuqori inflatsiya ko‘rsatkichi korona inqiroz davrida O‘zbekistonga yordam bera oladimi?

Iqtisodiy cho‘kish davrida inflatsiya ko‘rsatkichining pasayishi kuzatiladi. Ammo yuqori inflatsiya ko‘rsatkichi qarz va to‘lov majburiyatlarini ham qadrsizlantirib, jamiyatlar inqirozni kamroq his etishiga imkon beradi. O‘zbekiston Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ushbu qarash xato ekanini bildirib, masala yuzasidan munosabatini Kun.uz'ga bildirdi.  Batafsil

20:14

Estrada xonandasi voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkani taxmin qilinayotgan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda voyaga yetmagan qizning estrada xonandasi va uning do‘stlari tomonidan zo‘rlangani aytilayotgan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni Samarqand viloyat IIB Tergov boshqarmasi olib bormoqda. Batafsil

19:23

Talabalarga kontraktni to‘rtga bo‘lib to‘lash imkoni berildi

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta'lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi. Batafsil
Top